Finlandiya hukumati Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi boşlanganidan keyin bu davlatga qoçgan rossiyaliklarni ommaviy ravişda çiqarib yuborişni boşladi. 2025 yilning yanvaridan sentabriga qadar boşpana beriş rad etilgan 104 nafar Rossiya fuqarosi Finlandiyadan çiqarib yuborildi, deb xabar qildi Finlandiya politsiyasi 5 sentabr, juma kuni «Vot Tak» naşriga. Bu yil deportatsiya qilinganlar sonining köpayişi rossiyaliklarning boşpana sörovi uzoq vaqt davomida körib çiqilmagani bilan boğliq.
«Ikki yil davomida heç kim bilan suhbat qilinmadi. Ular biz bilan nima qilişni bilmadi. Faqat kamdan-kam holatlar kuzatildi. Faollarimiz Finlandiya ombudsmaniga murojaat qildi, şikoyatlar yozdi va faqat 2024 yilning oxirida suhbatlar boşlandi», dedi «Kemi uruşga qarşi» taşkiloti faoli va sobiq köngilli Maksim Aliyev. Uning sözlariga köra, birinçi intervyulardan keyin rossiyaliklarning deyarli 90 foizi rad etilgan. Ularning aksariyati Oliy sudga apellyatsiya arizasi bilan murojaat qilgan va agar ruxsat berilsa, boşpana sörab qayta murojaat bilan çiqadi.
Rad etişlarning köpligi, aksariyat hollarda arizaçilarning safarbarlikdan qoçiş uçun Rossiyadan qoçib ketganligi bilan boğliq. 2023 yil may oyida Finlandiya Migratsiya xizmati kamida 1109 nafar rossiyalik harbiy xizmatga çaqirişdan böyin tovlagani sababli boşpana söragani haqida xabar bergan edi. Finlandiya rasmiylari ularni rad etib, Rossiyada safarbarlik tugaganini da’vo qilmoqda. Qarorlarda bu haqda öşa paytdagi mudofaa vaziri Sergey Şoygu va prezident Vladimir Putin aytgani aytiladi. Biroq, tegişli farmon imzolanmagan.











