Özbekistonda odamlar eng köp kvartira va maşina xaridida aldanişadi. Endilikda bu röyxatga baliq va dengiz mahsulotlaridan tayyorlangan taomlar ham qöşildi: dengizdan ança olisda joylaşgan Özbekiston aholisi dengiz mahsulotlari yetkazib beriş bilan çuv tuşirilmoqda.

Bu maqsad uçun ijtimoiy tarmoqlarda, xususan, Facebook va Telegram’da önlab kanal va guruhlar taşkil etilib, iştahani oçuvçi reklamalar faol joylaştirib borilyapti. Şulardan biri Telegram’dagi “Rybka | Magazin Moreproduktov” kanali hisoblanadi.

Uşbu kanalda dengiz mahsulotlari, baliqdan tayyorlangan turli taomlar va ikralar reklamasi joylaştirib borilmoqda. Biroq bu mahsulotlar şunçaki “xörak”, xarid qilmoqçi bölganlar osongina “qarmoqqa ilinadi” va pulidan ayriladi.

Kun.uz jurnalisti mijoz sifatida kanalda körsatilgan menejerga narxi 1 mln sömlik baliqli assorti buyurtma qilib kördi. 

Oleg ismli menejer avvaliga ular tölovni töliq amalga oşiriş asosida işlaşini, agar mahsulot yoqmasa tölangan pul qaytarib berilişini, buyurtma bilan birga dökondagi mahsulotlar uçun sifat sertifikati hamda kafolat taqdim etilişini bildirdi. Şu bilan bir qatorda buyurtmani amalga oşiriş uçun şaxsiy ma’lumotlar, xususan, töliq ism-familiya (bu nega kerakligi tuşunarsiz) söraldi.

“Singlim şifoxonada edi. Uni körişga bormoqçi böldim va uşbu kanaldan 1,1 mln sömlik baliqli assorti buyurtma qildim. Yarim soatda yetkazib berilişini ma’lum qilişdi. Kuta boşladim: 2 soat ötdi hamki, buyurtmadan darak yöq. Menejyerga buyurtma qaçon kelişi haqida yozgandim, darhol bloklab qöydi”, deydi uşbu firibgarlarga çuv tuşgan fuqarolardan biri.

Menejyer tölovni amalga oşiriş uçun Fazliddin Ziyodullayev ismli şaxs nomidagi bank kartasini taqdim qilgan. Mijoz unga 1,1 mln söm pul mablağini köçirgan. Biroq buyurtma qilingan baliq kelmagan, mijoz esa bloklab qöyilgan. 

Ayni şu kabi faoliyat olib boruvçi “Rybnyy ekspress” kanali ham şubhali.