Qayd etilganidek, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonini samarali taşkil etiş, talabalarning böş vaqtlarini mazmunli ötkaziş, ular bilan ma’naviy-ma’rifiy işlar olib boriş hamda ota-onalar bilan uzviy hamkorlikni kuçaytiriş masalalari e’tiborni kuçaytirişni talab etmoqda.
Uşbu yönalişdagi işlarning yetarli darajada taşkil etilmagani talabalar örtasida nosoğlom muhit yuzaga kelişiga, ayrim hollarda esa huquqbuzarlik va jinoyatçilikka olib kelayotgani kuzatilmoqda.
2024 yilda oliy ta’lim muassasalari talabalari iştirokida 761 ta jinoyat sodir etilgan bölsa, 2025 yilning 6 oyi davomida 102 ta oliy ta’lim muassasasining 307 ta talabasi tomonidan jinoyat sodir etilgani bu masalaga jiddiy e’tibor qaratiş zarurligini körsatmoqda.
Xususan, jinoyatlarning asosiy qismini yöl-transport hodisalari, öğrilik, tan jarohati yetkaziş, bezorilik, firibgarlik kabi jinoyatlar taşkil etgan.
Hududlar kesimida jinoyatlarning aksariyati Toşkent şahri, Toşkent, Buxoro, Namangan, Andijon, Samarqand, Farğona, Surxondaryo viloyatlariga töğri keladi.
Oliy ta’lim muassasalari kesimida esa jinoyatlarning köpçilik qismi Toşkent davlat transport universiteti, Özbekiston milliy universiteti, Toşkent davlat texnika universiteti, Toşkent axborot texnologiyalari universiteti, Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti hissasiga töğri keladi.

Ayrim oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini muntazam nazorat qiliş, talabalarning dars maşğulotlariga qatnaşini yetarli darajada monitoring qilinmaganligi oqibatida talabalar tomonidan dars vaqtida, ya’ni soat 08:00 dan 16:00 gaça bölgan davr mobaynida jinoyatlar sodir etilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 9 sentabrdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab oliş darajasini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi 563-sonli qarorida tyutorlarni biriktiriş tartibi belgilangan bölsa-da, ayrim oliy ta’lim muassasalari tomonidan uşbu talabga rioya qilinmagan.
Talabalarning yotoqxonalarga kirib-çiqişi, yaşaşi hamda tungi vaqtda bölişi ustidan nazorat yetarli darajada emas.
Bundan taşqari, sönggi yillarda oliy ta’lim sohasida keng kölamli islohotlar amalga oşirilayotganiga qaramay, sohada faoliyat yuritayotgan şaxslarga nisbatan korrupsiya holatlari böyiça qator jinoyat işlari qözğatilgan.











