Surxondaryo viloyati hokimligiga köra, Şerobod tumanidagi tuz konida qiymati 15 mln dollar bölgan eko va tibbiy turizm kompleksi barpo etiladi. Loyiha Eronning Kapa Yurt Soon kompaniyasi tomonidan amalga oşiriladi.

27 avgust kuni viloyat hokimi Eronning Kapa Yurt Soon kompaniyasi direktori bilan uçraşdi. Investor tomonidan Xöjaykon tuz ğorida ekologik va tibbiy turizm yönalişida amalga oşirilayotgan loyihalar taqdimoti ötkazilib, ularning texnik-iqtisodiy asoslari va istiqbolli natijalari haqida ma’lumot berildi.

Tomonlar mutaxassislar iştirokida loyihani batafsil işlab çiqiş, joy tanlaş va yönalişlarni belgilaş, şuningdek, amalga oşiriş bosqiçlari böyiça muzokaralar ötkazişga kelişib oldi. Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati Xöjaykon tuz ğorida yangi turistik loyihalarni amalga oşiriş böyiça “qator kompaniyalar”dan takliflar tuşayotganini ta’kidladi.

Hokimlikning xabar berişiça, Xöjaykon tuz ğori va unga tutaş hududda “Kapa Yurt” investitsiya loyihasi amalga oşiriladi. Loyiha uç bosqiçda - 2025 yildan 2035 yilgaça amalga oşirilişi rejalaştirilgan.

Loyiha tuzni qazib oliş, qayta işlaş va qadoqlaş liniyasini yaratiş, şuningdek, tuz basseynlari, vannalar, soğlomlaştiriş markazlari va 500 örinli 100 modulli mehmonxonalarni jamlagan tibbiy va turistik majmualarni qurişni öz içiga oladi.

Bundan taşqari, loyiha doirasida ijtimoiy infratuzilma obektlari, amfiteatr, hunarmandçilik markazlari va tuz muzeyi barpo etiş közda tutilgan. Kökalamzorlaştirilgan hududlarga 200 mingga yaqin daraxt ekiş, 1 gektar maydonda sun’iy şör köl barpo etiş rejalaştirilgan. Turistik zonaga elektr, gaz, internet, mobil aloqa va temiryöl infratuzilmasiga ulanişni ta’minlaydigan yöllar va kommunal tarmoqlar olib boriladi.

Loyiha amalga oşirilişi natijasida 250 ta yangi iş örni yaratilib, har yili 200 ming xorijiy va mahalliy sayyohlar jalb etiladi. Şuningdek, tuzning sanoat eksportini yölga qöyiş ham rejalaştirilgan.

Rasmiy xabarga köra oxirgi yillarda viloyatga turistlar oqimi keskin oşmoqda. Agar 2018 yil davomida Surxondaryoga 21 ming nafar xorijiy turist taşrif buyurgan bölsa, hozirda bir oyda keluvçilar soni 20 mingdan oşmoqda.

Avvalroq, Surxondaryo viloyati Qumqörğon tumanida qiymati 140 mlrd dollarlik ekoturizm kompleksi qurilişi ma’lum qilingandi.