Interpol tomonidan ötkazilgan tadbirlar doirasidagi uçraşuvlarda Toşkent va Anqara milliy markaziy byurolari örtasida ilgari erişilgan kelişuvlar asosida Anqara Interpol milliy markaziy byurosi xodimlari bevosita kömagida xalqaro miqyosda qidiruvda bölgan olti nafar jinoyatçi topşirildi. 

Ular turli jinoyatlar, jumladan, odam savdosi, öta yirik miqdordagi firibgarlik va boşqa oğir jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Jinoyatçilar Anqara Interpol milliy markaziy byurosi va Turkiya Respublikasi Jandarmeriyasi xodimlari kuzatuvida olib kelindi.

Olti nafar şaxslarning barçasi keyingi tergov harakatlarini ötkaziş maqsadida Özbekiston tomoniga – Toşkent Interpol milliy markaziy byurosi hamda Özbekiston içki işlar organlari xodimlariga topşirildi.