Xitoy siyosatçilaridan iborat delegatsiya yevrodeputatlar bilan uçraşiş uçun yetti yildan ortiq «muzlatilgan munosabatlar»dan keyin ilk bor Yevroparlamentga taşrif buyuradi. Bu haqda Yevropa Ittifoqi-Xitoy parlamentlararo delegatsiyasi rahbari, Yevroparlamentning yuqori martabali deputati Engin Eröğli bayonotiga tayanib, Politico naşri xabar berdi. Bryusseldagi uçraşuv böyiça hali ham muzokaralar olib borilmoqda va u 2025 yil oktyabr örtalarida yoki noyabr oyi boşida bölib ötişi mumkin, Xitoyga javob taşrifi esa 2026 yilning may oyida amalga oşirilişi mumkin, dedi u.
Eröğlining sözlariga köra, har ikki uçraşuvda Yevroparlament deputatlari va Butunxitoy xalq vakillari kengaşi a’zolari Rossiyaning Ukrainadagi uruşi, Yevropa Ittifoqi va Xitoy örtasidagi savdo masalalari, şuningdek, inson huquqlari va BMTning global dunyo tartibidagi rolini saqlab qolişning dolzarb masalalarini muhokama qiladi.
Yevroparlament deputatining qöşimça qilişiça, «YeI Yevropa Ittifoqi va Xitoy örtasidagi munosabatlarni yaxşilaş Xitoyning uruş böyiça pozitsiyasiga boğliqligini izçil ta’kidlaşi kerak», ammo Pekindan Ukrainadagi uruş böyiça öz pozitsiyasini özgartirişini kutiş «real emas».











