Zelenskiyga «xavfsiz joy» taklif qilgan Putin, uruş vazirligiga aylangan Pentagon va AZAL samolyoti atrofidagi bahslar – kun dayjesti
|19:38 / 06.09.20259 09610 min
Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
Ğazodagi genotsid
Isroil Ğazo şahrining 40 foizi ustidan nazorat örnatgan va Isroil Mudofaa kuçlari butun hududni egallaşga tayyorlanmoqda. Bu haqda Isroil armiyasi vakili Effi Defrin ma’lum qildi.
«Biz Hamas infratuzilmasini zararlaşda davom etmoqdamiz. Bugun Ğazo şahrining 40 foiz hududini nazorat qilyapmiz. Biz garovga olinganlar qaytarilguniça va Hamas hokimiyati tugaguniga qadar uruşni davom ettiramiz», dedi u.
Ötgan hafta Isroil şimoldagi Ğazo şahrini jangovar hudud deb e’lon qildi. Ayrim tumanlar «qizil zonalar» sifatida belgilandi va falastinliklarga ularni tark etiş tavsiya qilindi.
Isroil armiyasi juma kuni Ğazo böylab 50 dan ortiq falastinlikni, jumladan, kamida 7 nafar bolani öldirdi, ularning köpçiligi qamal ostidagi Ğazo şahriga qilingan hujumlarda halok bölgan.
Mahalliy aholining sözlariga köra, Zaytun, Sabra, Tuffah va Şayja’iya tumanlari oğir bombardimonga uçradi, tanklar esa şahar markazidan şimoli-ğarbda joylaşgan Şayx Radvan hududiga kirib bordi, uylarni vayron qildi va lagerlarda yonğinlar keltirib çiqardi.
Ğazo fuqarolik favqulodda xizmatlari vakili Mahmud Bassal bombardimonni «fuqarolarni nişonga oluvçi yonğin kamari» deb atadi va 4 ta bino vayron bölganini bildirdi. «Isroil ogohlantirişlar bergan taqdirda ham odamlarni joylaştiriş mumkin bölgan heç qanday joy qolmagan», dedi u.
Ozarboyjon samolyoti atrofidagi bahslar
4 sentabr kuni Rossiya taşqi işlar vazirligi «Ozarboyjon havo yöllari» yölovçi samolyoti halokati bilan boğliq suğurta tölovlari amalga oşirilmagani böyiça tarqatilayotgan ma’lumotlarni fojiadan foydalanişga uriniş va yolğon deb atadi.
Rossiya TIVga köra, mamlakatning «AlfaStraxovaniye» suğurta kompaniyasi 2025 yil fevraldan boşlab samolyot halokati bilan boğliq suğurta tölovlarini amalga oşirmoqda.
«Ozarboyjon aviakompaniyasiga samolyot uçun töliq suğurta qiymati — 1 milliard rubl (12,3 million dollardan köproq) miqdorida tovon puli tölab berilgan. Bugungi kunga kelib, samolyot yölovçilari va halok bölganlarning yaqinlariga jami 358,4 million rubl (4,5 million dollar) miqdorida suğurta tölovlari amalga oşirildi», deyiladi TIV bayonotida. Şuningdek, vazirlik zarar körganlar va halok bölganlarning qarindoşlari bilan kompensatsiya summalarini kelişiş işlari davom ettirilayotganini bildirdi.
Mavzuga oid
Ozarboyjon rasmiylari Moskvaning da’volarini çalğituvçi deb atadi. «Rossiya TIV tomonidan e’lon qilingan bayonot nafaqat hayratlanarli, balki jamoatçilikni çalğituvçi tusga ega», dedi Ozarboyjon TIV matbuot kotibi Oyxon Hojizoda.
Uning sözlariga köra, Rossiyada röyxatdan ötgan suğurta kompaniyasi tomonidan AZAL va uning yölovçilariga amalga oşirilgan tölovlar bilan Ozarboyjonning samolyotni urib tuşirgani uçun Rossiya hukumatidan talab qilayotgan kompensatsiyasi mutlaqo turliça masalalar hisoblanadi.
Hojizodaning ta’kidlaşiça, samolyotlarni suğurtalaş odatda xalqaro suğurta kompaniyalari orqali amalga oşiriladi. Ammo xalqaro suğurta kompaniyalari Rossiya hududida faoliyat yuritmagani sababli, AZAL samolyoti Rossiya kompaniyasi orqali suğurtalangandi. Şu bois, suğurta tölovlarini — Ozarboyjonning Rossiya hukumatidan talab qilayotgan kompensatsiyasi bilan tenglaştirişga urinişlari noörin, deydi Ozarboyjon taşqi işlar vazirligi sözçisi.
2024 yil 25 dekabr kuni Qozoğistonning Aqtau şahri aeroporti yaqinida AZAL samolyoti halokatga uçradi. 38 kişi halok böldi. Ilhom Aliyev halokatdan söng samolyot Grozniy şahri yaqinida taşqi ta’sir tufayli şikastlanganini va bu boşqaruvni yöqotişga olib kelganini aytdi.
Rasmiy Boku Rossiya tomonining aybini tan olişini, şuningdek, jabrlanganlarning oilalariga tovon puli tölanişini va yetkazilgan zararni qoplaşni talab qilmoqda.
Pentagon — Uruş vazirligiga aylandi
Prezident Donald Tramp juma kuni imzolagan farmoyiş bilan AQŞ Mudofaa vazirligini qayta «Uruş vazirligi» deb nomlaşga qaror qildi. Trampning bu qarori uning AQŞ harbiy kuçlarini qayta brendlaş böyiça sönggi qadami böldi.
Tramp, şuningdek, AQŞ qurolli kuçlarini içki hududda qöllaş böyiça an’anaviy normalarga ham qarşi çiqqan. U Meksika bilan janubiy çegarada immigratsiyaga qarşi kuraş uçun harbiy zonalar yaratgan va qöşinlarni Los-Anjyeles hamda Vaşington kabi şaharlarga joylaştirgan edi.
Pentagon darhol boş qarorgohidagi belgilarni özgartirdi: Mudofaa vaziri Pit Hegset eşigidagi lavozim endi «Uruş vaziri» sifatida yozildi. «Bu juda muhim özgariş, çunki bu — kayfiyat masalasi», dedi Tramp Oq uydagi marosimda farmoyişni imzolarkan. «Bu asosan ğalaba haqida».
AQŞda vazirlik nomlarini özgartiriş juda kam uçraydi va Kongress tasdiğini talab qiladi. Şunga qaramay, Tramp Kongress roziligi haqiqatan ham kerakligiga şubha bildirmoqda. Bundan taşqari, nomni yana özgartiriş katta xarajatlar talab qiladi: nafaqat Pentagon rasmiylari, balki dunyo böylab joylaşgan barça harbiy obektlardagi belgilar va hujjat blankalari yangilanişi kerak böladi.
AQŞ Mudofaa vazirligi 1949 yilgaça Uruş vazirligi deb atalgan, keyinroq, Ikkinçi jahon uruşidan söng armiya, dengiz kuçlari va harbiy-havo kuçlarini birlaştirgan edi. Mudofaa vazirligining yana bir ramziy nomi esa Pentagon. Bu uning beşburçak şaklidagi binosiga atalgan.
Putin: «Zelenskiy Moskvada 100 foiz xavfsiz böladi»
Rossiya Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyga Moskvaga kelgan taqdirda xavfsizlikni kafolatlaydi, dedi Rossiya rahbari Vladimir Putin Şarqiy iqtisodiy forumda.
«Ukraina tomoni bu uçraşuvni xohlaydi va taklif qilmoqda. Marhamat, taşrif buyuring, biz iş şaroitlari va xavfsizlikni mukammal darajada ta’minlaymiz. Kafolat yuz foiz», dedi u.
Putin, şuningdek, Zelenskiy bilan uçraşuvni boşqa joylarda ötkaziş haqidagi sörovlarni «ortiqça» deb hisobladi.
«Agar kimdir haqiqatan ham biz bilan uçraşmoqçi bölsa, biz tayyormiz. Buning uçun eng yaxşi joy — Rossiya Federatsiyasi poytaxti, qahramon şahar Moskva», deb ta’kidladi u.
Putin muloqotga tayyor bölişiga qaramay, hozirça bunday uçraşuvdan katta ma’no körmayotganini ta’kidlab, siyosiy iroda bölgan taqdirda ham, Ukraina bilan asosiy masalalar böyiça kelişib oliş qiyin bölişini qöşimça qildi.
Rossiya prezidenti avval ham Zelenskiyni muzokara uçun Moskvaga taklif qilgan. Ukraina prezidenti muzokara ötkazişga rozi, ammo «faqat Moskvada emas».
Tramp: «Xitoy tufayli Hindiston va Rossiyani yöqotdik»
AQŞ prezidenti Donald Tramp öz mamlakati Xitoy tufayli Hindiston va Rossiyani «yöqotganini» aytdi.
«Biz Hindiston va Rossiyani eng mudhiş va tubsiz Xitoy tufayli yöqotganga öxşaymiz. Ularga birgalikda uzoq va farovon kelajak tilayman!» deb yozdi Tramp.
U öz postiga Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Xitoy raisi Si Jinping va Hindiston boş vaziri Narendra Modi fotosuratini ilova qildi.
Si Jinping, Putin va Modi bir neça kun oldin Xitoyda Şanxay hamkorlik taşkiloti sammiti doirasida uçraşgan edi. Putin va Si u yerda AQŞ va Yevropa hukmronligisiz dunyo tartibini ilgari surdi. Ikkala yetakçi ham uzoq vaqtdan beri «köp qutbli dunyo tartibini» yaratişga çaqirmoqda, bu esa Vaşington unda asosiy rol öynamasligini anglatadi.
Trampning özi avvalroq Xitoy va Rossiyaning AQŞga qarşi birlaşişi xavfi uni umuman xavotirga solmayotganini aytgandi. «Ular heç qaçon bizga qarşi qurolli kuçlarini qöllamagan bölardi. Işoning, bu ular qilişi mumkin bölgan eng yomon narsa», degandi u 2 sentabr kuni.
Afğonistondagi zilzilalar
Afğoniston şarqida yuz bergan takroriy yer silkinişlari qurbonlari soni 2 ming 200 dan oşdi. Yaralanganlar esa 3 640 kişi deb baholanmoqda. Qutqaruvçilar toğli hudud va oğir ob-havo şaroitida kuraş olib borişmoqda. Birlaşgan Millatlar Taşkiloti va boşqa agentliklar mablağ, oziq-ovqat, tibbiy vositalar va boşpana uçun keskin ehtiyoj borligini ogohlantirmoqda.
Sönggi takroriy silkinişlar allaqaçon uruş, qaşşoqlik va qisqarib borayotgan yordam ostida ezilgan mamlakatni larzaga solgan ikki zilziladan keyin yuz berdi. Payşanba kuni keçasi Nandğarxor viloyatida kuçi 6,2 magnitudali zilzila qayd etildi. Juma kuni esa kuçi 5,4 magnitudali yangi zilzila janubi-şarqda 10 km çuqurlikda qayd etildi.
Quruq toş va yoğoçdan qurilgan uylar xavf ostida qolgani sababli ayrim oilalar uylarga qaytiş örniga oçiq havoda tunaşni afzal körmoqda. Ayrim qişloqlarga olib boruvçi yöllar köçki va toşlar bilan tösilib qolgani qutqaruv işlarini qiyinlaştirmoqda. Bu ikki zilzila 6 700 dan ortiq uylarni vayron qildi, payşanba kuni esa qutqaruvçilar vayronalar ostidan jasadlarni çiqarib olişni boşladi.
JSTning ma’lum qilişiça, köçki va tösiqlar yordam yetkazişni qiyinlaştirmoqda. «Tolibon» hukumati yakşanba kungi falokatdan söng darhol xalqaro yordam söradi. Hozirgaça taşkilot 10 million dollar ajratdi, bu boy davlatlarning hozirça va’da qilgan mablağlaridan ança köp. BMT mablağ tez orada tugaşini aytdi va şoşilinç yordam kampaniyasi boşlaşni rejalaştirmoqda.