«Surunkali alkogolizmni davolovchi vosita» nomli ixtiro IAP 8081-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi va huquqiy muhofazaga olindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu ixtirodan tibbiyotda, xususan, farmakologiya, narkologiya va alkogolizmni davolashda foydalaniladi.
Ixtironing maqsadi I va II bosqichdagi alkogolizmni davolash va uning qaytalanishining oldini olish hisoblanadi.
Ta’kidlanishicha, ixtironi ro‘yxatdan o‘tkazish, ya’ni patent olish rivojlanish uchun mutlaq huquqlarni himoya qilish uchun zarurdir.






