Juma kuni jurnalistlardan biri Oq uyda Trampdan Venesuelada rejim özgarişini xohlaş-xohlamasligini söradi. «Biz bu haqda gaplaşmayapmiz», deb javob berdi AQŞ prezidenti. «Ammo biz [Venesuelada] saylovlar bölib ötgani haqida gapirmoqdamiz, yumşoq qilib aytganda, bu juda ğalati edi», – dedi Tramp ötgan yilgi prezidentlik saylovlari va natijalar soxtalaştirilgani haqidagi ayblovlarni nazarda tutib.

CNN telekompaniyasi manbalarga tayanib, Tramp Venesuelada faoliyat yuritayotgan narkokartellarga zarba berişning köplab variantlarini, jumladan, mamlakat prezidenti Nikolas Maduroni zaiflaştirişga qaratilgan kengroq strategiya doirasida mamlakat içidagi nişonlarga zarba beriş imkoniyatini körib çiqayotganini ta’kidlamoqda.

Seşanba kuni AQŞ Karib dengizining janubiy qismida giyohvand moddalar olib ketayotgan kemaga zarba bergan. 11 kişi halok bölgan, kema çökib ketdi.

CNN manbalarining aytişiça, Venesueladan kelayotgan kemaga berilgan zarba «mintaqani narkotrafikdan xalos qiliş va Maduroni hokimiyatdan çetlatiş böyiça ança keng kölamli sa’y-harakatlar»ning boşlanişi bölgan.

Manbalardan birining aniqlik kiritişiça, hozirça Tramp Venesuela içidagi nişonlarga harbiy zarbalar berişga qaror qilganining heç qanday alomati yöq. Biroq, Oq uyning ikki suhbatdoşi kelajakda bunday zarbalar bölişi mumkinligini istisno qilmadi.

Seşanba kuni AQŞ davlat kotibi Marko Rubioga Venesuela hududiga ehtimoliy zarbalar haqida savol berildi. U töğridan töğri javob berişdan qoçdi. «Bu giyohvandlikka qarşi kuraş operatsiyasi, – dedi Rubio. – Biz qayerda bölişidan qat’i nazar, narkokartellarga qarşi kuraşamiz».

Sönggi haftalarda AQŞ Karib dengiziga katta harbiy kuçlarni taşladi, Oq uydagi manbalarning sözlariga köra, bu orqali Maduroga signal beriş közda tutilgan, deb yozadi CNN.

«Tomagavk» raketalari bilan qurollangan kemalar, zarbdor suvosti kemasi, samolyotlar, şuningdek, 4 mingdan ortiq dengizçilar va dengiz piyodalari hozirda Venesuela qirğoqlari yaqinida turibdi.

CNN va Reuters manbalari xabar berişiça, AQŞ narkokartellarga qarşi operatsiyalar ötkaziş va Karib havzasida harbiy iştirokni kuçaytiriş uçun Puerto-Rikodagi aerodromga qöşimça 10 ta körinmas beşinçi avlod F-35 qiruvçi samolyotlarini joylaştiradi.

Maduro şu hafta AQŞ «harbiy tahdid orqali rejimni özgartiriş»ga intilayotganini aytdi. «Qöşma Ştatlar hukumati Venesuela va butun Lotin Amerikasida rejimni zöravonlik bilan özgartiriş rejasidan voz keçişi hamda suverenitet, tinçlik va mustaqillik huquqini hurmat qilişi kerak», – dedi Venesuela prezidenti teleefirda.