RF qurolli kuçlari 7 sentabrga ötar keçasi uçuvçisiz uçar qurilmalar hamda raketalar bilan Ukraina böylab navbatdagi yirik hujumni amalga oşirdi. Ukraina qurolli kuçlari havo kuçlari ma’lumotiga köra, Rossiya armiyasi Ukraina hududlari böylab 818 ta havo hujumi vositalari orqali hujum qilgan: ukrain şaharlariga 805 ta dron (bu miqdor «Shaheed» dronlarini ham, imitator dronlarni ham öz içiga oladi), «Iskander-K» rusumli töqqizta qanotli raketa, «Iskander-M» yoki KN-23 tizimlaridan uçirilgan törtta ballistik raketa.
Dastlabki ma’lumotlarga köra, Ukraina qurolli kuçlari 747 ta dron hamda «Iskander-K» rusumli raketalardan törttasini urib tuşirgan yoki zararsizlantirgan. «37 ta lokatsiyada töqqizta raketa va 56 ta zarbdor dron kelib urilişi, sakkizta lokatsiyada urib tuşirilgan dron va raketalar qoldiqlari tuşişi qayd etildi», – deyilgan Ukraina qurolli kuçlari havo kuçlari xabarida.
Rossiyaning bu hujumi foydalanilgan dronlar soni böyiça rekord darajadagi hujum bölgan.
Eng jiddiy oqibatlar poytaxt Kiyevda qayd etilgan: bir neça turar joy binosi vayron bölib, uç kişi halok bölgan, jumladan bir ayol va emizikli bola ham.

Thomas Peter / Reuters / Scanpix / LETA
Svyatoşinskiy rayonida töqqiz qavatli uy kuçli darajada zararlangan. Şahar meri Vitaliy Kliçko xabar berişiça, bu bino törtinçi qavatdan sakkizinçi qavatgaça qisman vayron bölgan, yonğin kelib çiqqan. Ukraina favqulodda vaziyatlar böyiça davlat xizmati ham töqqiz qavatli uyda yonğin sodir bölgani va orayopmalarning qisman qulagani haqida xabar berdi – ammo oltinçidan töqqizinçi qavatgaça. Gap bitta bino haqida ketyaptimi yoki yöqmi, bunisi aniq emas. Bundan taşqari, dron parçalari 16 qavatli turar joy binosiga tuşib, 15-16 qavatlarda yonğin keltirib çiqargan. Şuningdek, texnik xizmat körsatiş stansiyasi va omborlar yaqinida avtomobillar yonib ketgan.
Darnitskiy rayonida tört qavatli turar joy binosi şikastlangan: uçinçi va törtinçi qavatlarda yonğin röy bergan, uçinçi qavat qisman vayron bölgan.
Peçersk rayonida, Kliçkoning xabariga köra, hukumat binosida ham yonğin çiqqan. Telegram-kanallarda Ukraina hukumati a’zolari ötiradigan bino tomida yonğin bölayotgani aks etgan kadrlar tarqalgan. Mamlakat boş vaziri Yuliya Sviridenko «duşman hujumi natijasida birinçi marta hukumat binosi tomi va yuqori qavatlari şikastlangani»ni tasdiqlagan.















