Jurnalistlarning yozişiça, Isibaning qarori hukmron Liberal-demokratik partiyada bölinişga yöl qöymaslik istagi bilan boğliq.
Boş vazir yakşanba kuni bölib ötgan matbuot anjumanida Yaponiya AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’muriyati bilan muzokaralarni muvaffaqiyatli yakunlaganidan söng ketayotganini aytdi.
Yozda Tramp Tokioga bosim ötkazib, uni 1 avgustgaça savdo bitimi tuzişga köndirdi, uning eng yirik eksport bozorida 25 foizlik bojlar joriy etiş bilan tahdid qildi.
Isibaning ta’kidlaşiça, u Yaponiya-Amerika savdosini tartibga solişni özining asosiy vazifasi deb bilgan va ötgan hafta Vaşington bilan özaro anglaşuv memorandumi imzolanganidan keyin u ketişi mumkin.
«Men doimo öz lavozimimda qolişga urinmayotganimni va tegişli vaqtda qaror qabul qilişimni aytganman – dedi boş vazir jurnalistlarga. – Endi, Amerika tariflari böyiça muzokaralar masalasi hal qilinganidan söng, aynan şu vaqt keldi, deb hisoblayman. Şuning uçun ketişga va yangi avlodga yöl berişga qaror qildim».
Iyul oyida bölib ötgan saylovlardan söng Isiba boşçiligidagi koalitsiya Yaponiya parlamentining yuqori palatasida köpçilikni yöqotgandi. Bu partiyaning 70 yillik tarixida ilk bor röy bergandi.
Asahi Shimbun gazetasi yozişiça, köplab yapon siyosatçilari Isibani lavozimidan ketişga çaqirgan.
Isiba 2024 yil oktyabrida Yaponiya boş vaziri bölgandi: u avvalgi hukumat rahbari Fumio Kisida qayta saylaniş niyatidan voz keçganidan keyin partiya içidagi saylovlarda ğalaba qozongandi.
U Yaponiyada inflatsiyaga qarşi kuraşişga, şuningdek, Liberal-demokratik partiyani isloh qilişga va’da berib, hukumat rahbari lavozimiga kirişgan edi. Biroq, köp ötmay, partiya mablağ yiğiş bilan boğliq bir qator mojarolarga aralaşib qoldi, deya ta’kidlaydi NHK.
Joriy yil iyul oyida Yaponiya parlamenti yuqori palatasining bir qismiga bölib ötgan saylovlarda 248 örinning yarmi ovozga qöyilgan, biroq hukmron koalitsiya atigi 47 mandatga ega bölgan.
Şu tariqa, Liberal-demokratik partiya yuqori palatada köpçilikni yöqotdi, biroq Isiba iste’foga çiqişni rejalaştirmayotganini ma’lum qilgandi.
Ötgan yilgi parlament quyi palatasiga saylovlarda koalitsiya köpçilik örinni qölga kirita olmaganidan söng, LDP iş haqi turğunligi va inflatsiya barqaror ösişidan norozi bölgan saylovçilarning işonçini qayta tiklay olmadi.











