Yevrokomissiya Google egasi bölgan Amerikaning Alphabet kompaniyasini reklama texnologiyalari bozoridagi ustun mavqeini suiiste’mol qilgani uçun 2,95 milliard yevro miqdorida jarimaga tortdi.

Komissiyaning tuşuntirişiça, Google reklama beruvçilar va onlayn naşriyotlarni raqobatçilarga zarar yetkazgan holda öz xizmatlariga ustunlik bergan va şu tariqa onlayn reklama bozorini buzgan. Yevrokomissiya kompaniya bu amaliyotni va öz xizmatlariga ustunlik berişni töxtatişi kerak, degan qarorga keldi.

Google bu qaror ustidan şikoyat qilişga va’da berdi. Kompaniyaning normativ masalalar böyiça vitse-prezidenti Li-Enn Malxollandning aytişiça, Yevrokomissiya qarori «minglab Yevropa kompaniyalariga zarar yetkazadigan, ularning pul işlaş imkoniyatini qiyinlaştiradigan özgarişlarni talab qiladi».

Yevrokomissiya qarori, Bloomberg ta’kidlaganidek, Yevropa Ittifoqi va AQŞ örtasidagi savdo munosabatlari keskinlaşgan paytda qabul qilindi. Donald Tramp bir neça bor Yevropa Ittifoqining «bigtex»larga nisbatan xatti-harakatlarini tanqid qilgan va Yevropani Amerika kompaniyalarini tiyib turişga qaratilgan me’yoriy hujjatlar qabul qilgani uçun javobgarlikka tortiş bilan tahdid qilgan edi.

Bu safar Donald Tramp Yevrokomissiya qaroriga javoban 1974 yilgi Savdo töğrisidagi qonunning 301-moddasi böyiça tergov boşlaş bilan tahdid qildi. Uşbu qonun AQŞ prezidentiga boşqa mamlakatlarning Amerika biznesiga nisbatan «adolatsiz» deb hisoblangan xatti-harakatlariga bir tomonlama javob qaytariş huquqini beradi. 

«Bugun Yevropa Amerikaning yana bir buyuk kompaniyasi Google’ga «zarba berdi», unga 3,5 milliard dollar jarima soldi, bu Amerika investitsiyalari va iş örinlariga sarflanadigan pullar edi», deb yozdi Tramp.

2017 yilda Yevrokomissiya bozordagi ustun mavqeni suiiste’mol qilgani uçun Google kompaniyasini 2,4 milliard yevro jarimaga tortdi.

2018 yilda Google monopoliyaga qarşi qonunçilikni buzgani uçun yana 4,3 milliard yevro jarimaga tortildi.