Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hafta davomida quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekistonda ish haftasi davomida quruq ob-havo saqlanib turadi, ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kunduzi +28…+38 daraja atrofida bo‘ladi.
Foto: Kun.uz
Ish haftasi davomida O‘zbekiston hududi bo‘yicha asosan quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Dushanba kuni kunduzi Toshkent viloyatida ayrim joylarda va 12 sentabr, juma kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Havo harorati kechalari +15…+20 daraja, kunduz kunlari +28…+33 daraja atrofida, janubda +35…+38 darajagacha bo‘ladi.
Shamol 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
8–10 sentabr kunlari Toshkent va Farg‘ona viloyatlarining ayrim tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Toshkent shahrida dushanba kunduzi havo biroz bulutli bo‘ladi, biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 3–6 metr/soniya tezlikda esadi, 8 sentabrda ba’zi joylarda 8–10 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin.
Harorat asosan kechasi +18…+20 daraja, kunduzi +30…+32 daraja bo‘ladi.
Mavzuga oid
09:59 / 23.12.2025
O‘zgidromet: inversiya jarayonlari faollashib, havo sifati yomonlashishi mumkin
14:58 / 22.12.2025
Hafta davomida havo biroz isishi, ayrim hududlarda yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda
19:05 / 21.12.2025
O‘zgidromet 22 dekabr uchun ob-havo prognozini e’lon qildi
12:09 / 19.12.2025