Hamasga yangi şartlar yuborgan Tramp, Rossiyaning eng yirik dronlar hujumi va faollaşgan husiylar – kun dayjesti
|20:07 / 08.09.20255 6219 min
Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
Tramp Hamasga yangi sulh şartlarini yubordi
AQŞ prezidenti Donald Tramp Hamas qölida qolayotgan barça garovdagilarni ozod etiş böyiça tez orada Ğazo kelişuvi yuzaga kelişi mumkinligini aytdi. Bu uning Falastin harbiy guruhi uçun «oxirgi ogohlantiriş» deb atagan bayonotidan keyin aytildi.
Tramp 7 sentabr kuni oqşomida Nyu Yorkka safaridan qaytgaç, bu masala böyiça samolyotda muhokamalar olib borganini aytdi.
«Biz juda yaxşi bölişi mumkin bölgan yeçim ustida işlayapmiz. Buni juda tez orada eşitasiz. Biz uruşni tugatişga, garovdagilarni qaytarişga harakat qilyapmiz», dedi Tramp. Lekin batafsil ma’lumot bermadi.
U avvalroq ham Hamasni heç qanday tafsilotlari keltirilmagan «kelişuv şartlarini» qabul qilişga çaqirgan edi.
«Isroilliklar mening şartlarimni qabul qildi. Endi Hamas ham qabul qilişi vaqti keldi», – deb yozdi Tramp özining Truth Social platformasida. – «Men Hamasni qabul qilmaslik oqibatlari haqida ogohlantirdim. Bu mening oxirgi ogohlantirişim, boşqa bölmaydi!»
Tramp, şuningdek, jurnalistlarga barça garovdagilarni qaytarişni öylayotganini aytdi. Ularning ayrimlari allaqaçon halok bölgan bölişi mumkin, ammo maqsad jasadlarini qaytarib oliş.
Hamas keyinçalik AQŞ tomonidan vositaçilar orqali taqdim etilgan ba’zi ğoyalarni olganini va Ğazoda öt oçişni töxtatiş borasida bitimga erişiş uçun işlayotganini bildirdi.
Hamas öz bayonotida barça garovdagilarni ozod etişga tayyorligini, buning evaziga uruşning yakunlanişi haqida «aniq e’lon» va Isroil qöşinlarining butunlay çiqib ketişini talab qilişini yana bir bor ta’kidladi.
Reutersʼning yozişiça, isroillik rasmiy Trampning taklifi Netanyahu idorasi tomonidan «jiddiy körib çiqilayotganini» aytdi.
Rossiyaning eng yirik dron hujumi
7 sentabr kuni Rossiya Ukrainaga qarşi uruş boşlanganidan beri eng yirik havo hujumini amalga oşirib, Kiyev markazidagi hukumat binosini yondirib yubordi.
Mavzuga oid
Rossiya bir keçada Ukrainaga 805 ta dron va 13 ta “Iskander” raketasi yöllagan, Ukraina havo mudofaasi 747 ta dronni va törtta raketani urib tuşirdi, dedi havo kuçlari. Bu – 2022 yil fevralidan beri işlatilgan dronlarning eng katta soni.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning aytişiça, dron va raketa hujumlari tört kişi hayotiga zomin böldi, 44 kişi jarohatlandi.
«Ançadan beri haqiqiy diplomatiya boşlanişi mumkin bölgan bir vaqtda bunday qotilliklar – ataylab qilingan jinoyat va uruşni çözişdir», – dedi Zelenskiy va ittifoqçilarni Ukraina havo mudofaasini mustahkamlaşga çaqirdi.
Ukraina armiyasi esa yakşanba kuni Rossiyaning Bryansk viloyatidagi «Drujba» neft quvuriga hujum qilib, «keng kölamli yonğin zarari» yetkazganini bildirdi. Bu Rossiyaning ulkan energetika kompleksini nişonga oliş strategiyasining bir qismi bölib, u mamlakat iqtisodiyotining asosiy tayançi va uruşni moliyalaştiriş manbai hisoblanadi.
Ğarb naşrlariga köra, bu hujum Ukrainada ham, ittifoqçilar orasida ham uruş tez orada tugaşi mumkinligiga bölgan umidsizlikning kuçayganidan darak berdi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin esa öt oçişni töxtatiş böyiça çaqiriqlarni rad etmoqda va Xitoy bilan aloqalarining mustahkamlanişi unga jasorat bermoqda.
Şuningdek, AQŞ prezidenti Donald Tramp Rossiyaga qarşi sanksiyalarning ikkinçi bosqiçiga ötişga tayyorligini aytdi. Hozirgaça Tramp Rossiyaga nisbatan qattiqroq sanksiyalar kiritişni rad etib kelgan edi.
Tramp Venesuelaga zarbalar berişni körib çiqmoqda
CNN naşrining xabar berişiça, Tramp Venesuelada faoliyat yuritayotgan narkokartellarga zarba berişning köplab variantlarini körib çiqmoqda. Jumladan, Nikolas Maduroni zaiflaştirişga qaratilgan siyosat doirasida — Venesuela içidagi nişonlarga zarba beriş imkoniyati körib çiqilmoqda.
Sönggi haftalarda AQŞ Karib dengizida 11 kişilik kemani bombaladi. Şuningdek hududga katta harbiy kuçlarni taşladi, bu orqali Maduroga signal beriş közda tutilgan. «Tomhavk» raketalari bilan qurollangan kemalar, zarbdor suvosti kemasi, samolyotlar, şuningdek, 4 mingdan ortiq dengizçilar va dengiz piyodalari hozirda Venesuela qirğoqlari yaqinida turibdi.
Maduro şu hafta AQŞ «harbiy tahdid orqali rejimni özgartiriş»ga intilayotganini aytdi. «Men Trampni hurmat qilaman. Ammo bizda mavjud bölgan heç qanday kelişmovçilik harbiy mojaroga olib kelmasligi kerak», – dedi Maduro.
CNN va Reuters manbalari xabar berişiça, AQŞ narkokartellarga qarşi operatsiyalar ötkaziş va Karib havzasida harbiy iştirokni kuçaytiriş uçun Puerto-Rikodagi aerodromga qöşimça 10 ta, radarlarga körinmaydigan F-35 qiruvçi samolyotlarini joylaştiradi.
Qiruvçi samolyot haqidagi ma’lumotlar — AQŞ harbiy kemasi yaqinidan Venesuela qiruvçi samolyotlarning «öta provokatsion» tarzda uçib ötganidan söng paydo böldi.
Harbiy salohiyatni oşiriş Maduroga bosim ötkazmoqda. AQŞ prezidenti ma’muriyati rejalaridan xabardor manbalardan biri CNN telekanaliga bergan izohida «Maduro öz ixtiyori bilan ketgani ma’qul» ekani haqida gapirgan.
Yevroittifoq Googleʼni jarimaga tortdi
Yevrokomissiya Google egasi bölgan Amerikaning Alphabet kompaniyasini reklama texnologiyalari bozoridagi ustun mavqeyini suiiste’mol qilgani uçun 2,95 milliard yevro miqdorida jarimaga tortdi.
Komissiyaning tuşuntirişiça, Google reklama beruvçilar va onlayn naşriyotlarni raqobatçilarga zarar yetkazgan holda öz xizmatlariga ustunlik bergan va şu tariqa onlayn reklama bozorini buzgan. Yevrokomissiya kompaniya bu amaliyotni va öz xizmatlariga ustunlik berişni töxtatişi kerak, degan qarorga keldi.
Google bu qaror ustidan şikoyat qilişga va’da berdi. Kompaniyaning normativ masalalar böyiça vitse-prezidenti Enn Malxollandning aytişiça, Yevrokomissiya qarori «minglab Yevropa kompaniyalariga zarar yetkazadigan, ularning pul işlaş imkoniyatini qiyinlaştiradigan özgarişlarni talab qiladi».
Yevrokomissiya qarori, Yevropa Ittifoqi va AQŞ örtasidagi savdo munosabatlari keskinlaşgan paytda qabul qilindi. Donald Tramp bir neça bor Yevropa Ittifoqining texnologik gigantlarga nisbatan xatti-harakatlarini tanqid qilgan.
Bu safar Tramp Yevrokomissiya qaroriga javoban 1974 yilgi Savdo töğrisidagi qonunning 301-moddasi böyiça tergov boşlaş bilan tahdid qildi. Uşbu qonun AQŞ prezidentiga boşqa mamlakatlarning Amerika biznesiga nisbatan «adolatsiz» deb hisoblangan xatti-harakatlariga bir tomonlama javob qaytariş huquqini beradi.
«Bugun Yevropa Amerikaning yana bir buyuk kompaniyasi Googleʼga «zarba berdi», unga 3,5 milliard dollar jarima soldi, bu Amerika investitsiyalari va iş örinlariga sarflanadigan pullar edi», deb yozdi Tramp.
2017 va 2018 yillarda ham Yevrokomissiya monopoliyaga qarşi qonunçilikni buzgani uçun Google kompaniyasini qariyb 7 milliardlik jarimaga tortgandi.
Husiylar yana faollaşdi
Yakşanba kuni Isroil janubidagi Ramon aeroporti Yamandan uçirilgan dron urilgaç qisqa muddatga yopildi, ammo keyinçalik faoliyatini qayta tikladi. Isroil milliy tez yordam xizmati ikki kişi öq parçalaridan jarohat olganini bildirdi.
Isroil OAVlariga köra, uçiş va qönişlar taxminan ikki soatga töxtatilgan.
Isroil armiyasi bergan bayonotida dron Isroil havo kuçlari tizimlari tomonidan aniqlanganini, ammo «duşman droni» sifatida tasniflanmaganini aytdi. Şu sababli, uni urib tuşiriş va ogohlantiriş tizimlari işga tuşirilmagan.
Yaman husiylari Ramon aeroportiga dron bilan hujum uyuştirganini tasdiqladi. Eron qöllab-quvvatlaşi aytilgan husiylar falastinliklarga birdamlik sifatida minglab kilometr uzoqlikda joylaşgan Isroilga qarata raketa va dronlar uçirmoqda. Isroil esa bunga javoban Yaman husiylari nazoratidagi hududlarni, jumladan, muhim Xudayda portini bombardimon qilmoqda.
Şu kunlarda, Qizil dengizda bir neçta suvosti optik tolali kabellarning şikastlanişi tufayli Microsoft Azure bulut platformasi işida uzilişlar kuzatilmoqda. Foydalanuvçilar xizmatdan foydalanişda keçikişlar va muammolarga duç kelişi mumkin, deb xabar qildi Microsoft'ning özi yakşanba kuni.
Korporatsiya ma’lumotiga köra, şikastlangan kabellarni tiklaş uzoq vaqt olişi mumkin. Kabel uzilişining sababi körsatilmagan. Bloomberg agentligining qayd etişiça, eng muhim telekommunikatsiya yönalişlaridan biri bölgan Qizil dengizdagi suvosti kabellarini ta’mirlaş Yaman husiylarining muntazam hujumlari sabab qiyinlaşmoqda.