Iyul-avgust oylarida Özbekistonga elektromobil importi keskin oşdi. Kun.uz e’tibor qaratgan Bojxona qömitasi statistikasi şundan darak bermoqda.
Qömita saytidagi oçiq ma’lumotlarga köra, 2025 yilning dastlabki 6 oyi davomida 14 355 dona elektromobil olib kirilgan bölsa, şundan keyin iyul-avgust oylarida undan ham köproq – 14 593 ta elektrokar import qilingan.
Benzinda harakatlanadigan va gibrid modellar importi böyiça raqamlarda bunday anomaliya közga taşlanmaydi.

Yanvar–avgust oylarida benzinda yuradigan maşinalarga qaraganda 2,5 barobarga köp elektrokar olib kirilgani e’tiborli. Yengil maşinalar importida faqat benzinda harakatlanadigan modellarning uluşi 26 foizga tuşib qolgan. Xorijdan keltirilgan yengil maşinalarning 69 foizi faqat elektr dvigateli bilan jihozlangan.
Gibrid modellar borgan sari bozorni tark etmoqda: bunday ulovlar importi yillik nisbatda 5 barobarga qisqargan.
2025 yilning dastlabki 8 oyida jami 42 230 ta yengil avtomobil olib kirilgan bölib, bu – ötgan yilning mos davri (47 928 ta)ga nisbatan 11,9 foizga kam.
Piskentdagi sinovlar kutilmaganda töxtatildi: davlat avtomobil narxlarini “maqbullaştirmoqçi”











