Psixologlar ta’kidlaşiça, ayolning öziga bölgan munosabati uning hayot sifatiga bevosita ta’sir qiladi. Şunday ekan, özini qadrlaşni qanday şakllantiriş mumkin? Salbiy fikrlardan qanday xalos böliş kerak? Va eng muhimi — öz ehtiyojlaringizni qanday qilib unutib qöymaslik mumkin?
“Men kimman?” — özini qadrlaşni boşlaş
Psixologlar fikriça: inson özini qabul qilmagani uçun köpinça taşqi baholarga boğliq holda yaşaydi. Odamlarning fikri, ijtimoiy tarmoqlarda özini boşqalar bilan soliştirişlar, aybdorlik hissi, “men kerakmanmi?” degan savollar ayolning içki dunyosida tinçlik bermaydi.
Bundan qanday çiqiş mumkin?
- Har kuni özingizga “Menga nima kerak?”, “Men bugun özim uçun nima qildim?” degan savolni bering. Bu sizga diqqatni içki ehtiyojlaringizga qaratişga yordam beradi.
- Kamtarlik va özini past körişni bir xil deb öylamang. Kamtarlik bu — öz qadringizni bilib, boşqalarga ham hurmat bilan munosabatda böliş. Özini past köriş esa — bu içki tanqid va qiynoq.
Sizga singdirilgan salbiy fikrlar
“Men yaxşi ona emasman”, “men bu işni eplay olmayman”, “men yaxşi körişga arzimayman” kabi fikrlar köpinça bolalikdagi muhit, maktabda yoki avvalgi munosabatlar ta’sirida şakllanadi. Vaqt ötişi bilan ular “içki ovoz”ga aylanadi.
“Fikrni töxtatiş” psixologik usuli bilan salbiy fikrni aniqlang. Masalan: “Men buni eplay olmayman” degan. Özingizdan savol bering: Bu fikrga dalil bormi? Yoki bu şubha, qörquvmi? Özgartirilgan şaklda takrorlang: “Men bunga harakat qilyapman, demak, örganaman va eplay olaman” deb.
Hammaga yordam berib, özingizni unutib qöymang. Köpinça ayollar oilasi, bolalari, işi, qarindoşlari uçun yaşaydi, lekin özini unutadi. Bu esa asta-sekin çarçoq, ranjiş, hatto ruhiy tuşkunlikka olib keladi.
Hayotingizda “özingiz uçun” vaqt bölişi şart:
- Har hafta kamida bir soatni faqat özingizga bağişlang: kitob, tinçlik, sayr, ijod, fitnes — siz uçun muhim bölgan faoliyat.
- Hamma narsaga “Ha” deyişdan oldin “men xohlaymanmi?” deb söraşni odat qiling.
- Ehtiyojlaringizni keçiktirmang. Ular ham muhim.
Ruhiy holatni barqaror uşlaş uçun ayolga tinçlik kerak. Bu köpinça taşqi muhitga emas, içki dunyoning sokinligiga boğliq. Hatto 5 daqiqa çuqur nafas olib, hozirgi lahzaga qaytiş ham ruhiy holatni yaxşi tarafga özgartiradi.











