Polşa Taşqi işlar vazirligi Polşa fuqarolariga Belarusni tark etişni va bu davlatga sayohat qilişdan boş tortişni tavsiya qildi. «Bu demokratik davlat emas va u Polşaga döstona munosabatda emas. Men bu ogohlantirişlarga imkon qadar jiddiy munosabatda bölişini istardim», — deya RMF24 internet naşri Polşa TIV matbuot kotibi Pavel Vronskining bayonotini keltirgan.

Avvalroq, 4 sentabr kuni Belarus televideniyesi Belarusda 1998 yilda tuğilgan Polşa fuqarosining josuslikda ayblanib hibsga olingani haqidagi reportajni namoyiş qilgandi. Erkak 12-16 sentabr kunlari ötkazilişi rejalaştirilgan «Zapad-2025» Rossiya-Belarus harbiy maşğulotlari haqida ma’lumot yiğgani da’vo qilingan.

Xabarda aytilişiça, Krakovda istiqomat qiluvçi şaxs ijtimoiy tarmoqlar orqali Belarus fuqarosi bilan aloqa örnatgan va unga Polşa maxsus xizmatlari bilan hamkorlik qilişni taklif etgan. Boşqa narsalar qatorida, gap Belarusdagi harbiy obektlar töğrisidagi ma’lumotlarning uzatilişi haqida borgan.