Muzokaralarning asosiy mavzusi qişloq xöjaligi va çorvaçilik, madaniyat, ta’lim va turizm sohalarida özaro manfaatli hamkorlikni rivojlantiriş böldi.
Boş konsul Aslam Akbarov Özbekistondan Xakasiyaga qişloq xöjaligi mahsulotlarini, şuningdek, Rossiyaning uşbu viloyatidan Özbekistonga çorva mollarini yetkazib berişni köpaytiriş masalasiga alohida e’tibor qaratdi.
Rossiya tomoni hududda mamlakatdan yetkazib berilayotgan meva-sabzavot mahsulotlarini köpaytiriş maqsadida Xakasiyada kuniga 30-40 tagaça yuk maşinasida Özbekiston meva-sabzavotlarini qabul qila oladigan transport-logistika markazini taşkil etiş taklifini töliq qöllab-quvvatladi.
Uçraşuvda mehnat migratsiyasi yönalişidagi hamkorlik istiqbollari körib çiqildi.
Xakasiya Respublikasi Savdo-sanoat palatasi ittifoqi prezidenti Vladimir Sorokinning aytişiça, hozirgi kunda Özbekistondan işçi kuçini jalb qiliş zarurati juda dolzarb.
Tomonlar şu yil kuz faslida Xakasiya tadbirkorlarining Özbekiston hududlariga, şuningdek, Farğona viloyati delegatsiyasining Xakasiyaga biznes-missiyalarini uyuştirişga kelişib oldi.











