Rossiyaning uçuvçisiz uçoqlari Ukrainaga eng yirik zarba bergan kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp Rossiyaga qarşi sanksiyalarni kuçaytiriş niyatida ekanligini bildirdi. 7 sentabr, yakşanba kuni Vaşingtonda jurnalistlarning Ukrainaga qarşi keng kölamli uruşi munosabati bilan Rossiyaga qarşi sanksiyalarning «ikkinçi bosqiçi»ga ötişga tayyorligi haqidagi savoliga javob berar ekan, u şunday dedi: «Ha, men tayyorman».
Tramp öz rejalari haqida heç qanday ma’lumot bermadi, OAV ham unga aniqlik beruvçi savollar yöllamadi.
Öz navbatida, AQŞ moliya vaziri Skott Bessent AQŞ va Yevropaning qöşimça iqtisodiy bosimi Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Ukraina bilan tinçlik muzokaralarini boşlaşga undaşi mumkinligini taxmin qildi. «Agar AQŞ va Yevropa Ittifoqi çora körsa va Rossiya neftini sotib oluvçi davlatlarga nisbatan yangi sanksiyalar va ikkilamçi bojlar joriy qilsa, u holda Rossiya iqtisodiyoti butunlay tanazzulga yuz tutadi va bu prezident Putinni muzokaralar stoliga ötirişga majbur qiladi», — dedi Bessent NBC News telekanalida.
AQŞ Moliya vazirligi rahbari Tramp ma’muriyati Rossiyaga bosimni kuçaytirişga tayyorligini ta’kidladi. Ammo bunda yevropalik hamkorlar ham iştirok etişi kerak, deya qöşimça qildi u.











