AQŞ prezidenti Donald Tramp Rossiya qöşni davlatga 2022 yilning fevralida keng kölamli bostirib kirişi boşlanganidan buyon eng yirik dron va raketa hujumini uyuştirganidan keyin Ukrainadagi uruşdagi vaziyatdan noroziligini bildirdi. «U yerda bölayotgan voqealar meni xursand qilmayapti», dedi Oq uy rahbari 7 sentabr, yakşanba kuni Endryus aviabazasida jurnalistlarga. «Men buni hal qilişimizga işonaman. Lekin men ulardan mamnun emasman. Men bu uruş bilan boğliq bölgan hamma narsadan mamnun emasman».

Tramp, şuningdek, yaqin orada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qiliş niyatida ekanligini aytdi. «Juda tez orada. Kelgusi bir neça kun içida», — deya uning sözlarini keltiradi CNN. Tramp Putin bilan yaqin orada suhbatlaşiş rejalari haqida ikki kun avval, 5 sentabr kuni ma’lum qilgandi: «Ha, men gaplaşaman. Biz juda yaxşi muloqot qildik», dedi u Oq uyda bölib ötgan brifingda.

Avvalroq, 7 sentabr, yakşanba kuni Amerika yetakçisi Rossiyaga qarşi sanksiyalarni kuçaytirişga tayyor ekanini aytgandi. AQŞ moliya vaziri Skott Bessent, öz navbatida, Qöşma Ştatlar va Yevropaning qöşimça iqtisodiy bosimi Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Ukraina bilan tinçlik muzokaralarini boşlaşga undaşi mumkinligini aytdi.