Prezident Şavkat Mirziyoyev 8 sentabr kuni ta’lim tizimini isloh qiliş masalalariga oid taqdimot bilan tanişdi.

Taqdimotda iqtidorli bolalarga ixtisoslaşgan bilim beriş, yoşlarning qiziqişlarini qöllab-quvvatlaş, kasbga yönaltiriş borasidagi rejalar va ularni amalga oşiriş çora-tadbirlari bayon qilindi.

Qayd qilinişiça, öquvçilarning böş vaqtini mazmunli ötkaziş, ularning iqtidori va intilişini yuzaga çiqariş böyiça yagona vertikal tizim joriy etiladi. Şu maqsadda «Barkamol avlod» bolalar maktabi, Respublika öquvçi-yoşlar markazi hamda «Ëshlik» jismoniy tarbiya va sport jamiyati negizida «Kelajak» markazlari taşkil etiladi. Öquvçilarning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş böyiça maktab maslahatçisi lavozimi joriy qilinadi.

Boğçalar qamrovini oşiriş maqsadida har yili 20 ming örin oçiş rejalaştirilgan. Buning uçun yangi köp qavatli uylar qurilişida ulardagi aholi soniga mutanosib maktabgaça ta’lim taşkiloti ham bölişi nazarda tutiladi. Boğçalarda işlayotgan örta maxsus ma’lumotli mutaxassislar uçun dual ta’lim va malaka oşiriş tizimi joriy etiladi.

Maktabgaça ta’lim qamrovi 80 foizdan past bölgan tuman va şaharlarda xususiy sektor iştiroki qöllab-quvvatlanadi. Xususan, boğça va maktablarning böş maydonlarida davlat-xususiy şeriklik asosida maktabgaça ta’lim taşkiloti qurişga ruxsat etiladi. Tadbirkorlarga faoliyatni özgartirmaslik şarti bilan yer uçastkalari bepul beriladi hamda 7 yilgaça bölgan imtiyozli kredit ajratiladi.

2026-2028 yillarda respublikaning 14 ta hududida Bolalarni rivojlantiriş innovatsion markazini öz içiga olgan «Yangi avlod» maktabgaça ta’lim taşkilotlari tarmoği taşkil etiladi.

Ixtisoslaştirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida 14 ta hududda muhandislik maktablari taşkil etiladi. Uşbu maktablarga bolalar imtihon asosida saralab olinadi va davlat budjeti hisobidan öqitiladi. Ularda «Yangi Özbekiston» universiteti va Mirzo Uluğbek nomidagi ixtisoslaştirilgan maktab tajribasi asosida muhandislik ta’lim dasturi joriy qilinadi. Öquv jarayoni 5 yillik dastur asosida STEM modeli böyiça taşkil etiladi.

2026 yildan boşlab, har yili umumta’lim maktablari örtasida prezident sovrini uçun «Ilğor muhandislik maktabi» milliy tanlovi ötkaziladi.

Şuningdek, tabiiy fanlarni öqitişni yaxşilaş maqsadida barça hududlarda ixtisoslaştirilgan maktablar taşkil qilinadi. Toşkent şahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi maktab bu yönalişda tayanç maktab sifatida xizmat qiladi.