Georgiy Paresişvili Toşkent fond birjasi rahbari lavozimini tark etdi, deya ma’lum qildi taşkilot matbuot xizmati.

Paresişvili uşbu lavozimda 2022 yil sentabridan buyon işlab kelayotgan edi. Qaror uning mehnat şartnomasi muddati tugagani sababli qabul qilindi, deyiladi xabarda.

Kuzatuv kengaşi qaroriga köra, birja boşqaruv raisi vazifasini vaqtinça bajaruvçi etib Toşov Fayzulla Muratoviç tayinlandi.

U mehnat faoliyatini 2001 yilda «Özsanoatqurilişbank»da boşlagan, 2005 yildan buyon depozitar tizimda işlab kelmoqda. Xususan, 2024 yildan Qimmatli qoğozlar markaziy depozitariysida Depozitar xizmatlar va hisob-kitob-tölov operatsiyalari boşqarmasi boşliği lavozimini egallab kelgan.