Germaniyadagi hukmron koalitsiyaga kiruvçi Xristian-demokratik ittifoq (XDI) siyosatçilari suriyalik qoçqinlarni vataniga qaytariş uçun yanada samaraliroq rağbatlantirişni talab qilmoqda. «Germaniyada qoliş uçun iqtisodiy imtiyozlar suriyaliklarning öz mamlakatini qayta qurişda iştirok etiş manfaatlaridan oşmasligi kerak», dedi Bundestag razvedka qömitasi rahbari va XDI vakili Mark Xenrixman 8 sentabr, duşanba kuni Bild tabloidiga.
Uning ta’kidlaşiça, Germaniyada qoliş yoki Suriyaga qaytiş qarori iqtisodiy sabablarga köra qabul qilinmasligi kerak. «Biz bu mamlakatdagi vaziyatni barqarorlaştirişga yordam berişimiz, qayta qurişni rağbatlantirişimiz va xavfsizlik masalalarida hamkorlik qilişimiz kerak», dedi Xenrixman. Uning sözlariga köra, Germaniya suriyaliklarning vataniga öz ixtiyori bilan ketişini ta’minlaşga harakat qilişi kerak, biroq Suriyada buning uçun zarur şart-şaroitlar mavjudligi ta’minlanişi lozim.
Öz navbatida, XDI/XSI fraksiyasi spikeri, xristian-demokratlar partiyasining içki siyosat böyiça eksperti Aleksandr Trom suriyaliklarning öz yurtini tark etişiga asl sabab Başar Asad rejimining terrori bölganini, hozir esa bu terrorga barham berilganini eslatdi. «Şuning uçun Suriya fuqarolari öz vataniga qaytib, uni qayta tiklaşda iştirok etişini kutiş kerak», — dedi u Bild naşriga bergan intervyusida.










