Nepal hukumati 20 dan ortiq ijtimoiy tarmoqlarni bloklagaç mamlakat tarixidagi eng yirik tartibsizliklar boşlandi. «Z avlod namoyişlari» deb nomlangan mitingda minglab yoşlar «Ijtimoiy tarmoqlar emas, korrupsiya yopilsin» degan plakatlar bilan yuriş ötkazdi. Politsiya bilan töqnaşuvda 19 kişi halok böldi, 400 dan ortiq namoyişçilar jarohatlandi.

8 sentabr kuni Nepal poytaxti Katmanduda politsiya parlamentni bosib olişga uringan norozilarga qarşi közni yoşlantiruvçi gaz va rezina öqlar işlatgan. Bu haqda Nepal rasmiylariga tayanib, Reuters naşri xabar bermoqda.

Mahalliy amaldorning aytişiça, asosan yoşlar bölgan namoyişçilardan ayrimlari barrikadani buzib parlament hududiga kirib borib, tez yordam maşinasini yoqib yuborişgan va politsiyaga turli buyumlar uloqtirişgan.

Foto: Reuters
Foto: Reuters

«Politsiya tartibsiz öq uzmoqda», dedi bir namoyişçi ANI agentligiga. «Öqlar menga tegmadi, lekin orqamda turgan döstimning qöliga tegdi».

Politsiya xodimi Şekhar Hanalning ma’lum qilişiça, 400 dan ortiq odam, jumladan 28 nafar politsiyaçi jarohatlangan. Yaradorlar mototsikllarda şifoxonaga olib borilgan.

Şarqiy Itahari şahrida ham tartibsizliklarda ikki kişi halok bölgan. Içki işlar vaziri Rameş Lekhak zöravonlik uçun «axloqiy javobgarlik»ni zimmasiga olib iste’foga çiqdi. Boş vazir Sharma Oli vaziyatni muhokama qiliş uçun favqulodda hukumat yiğilişini çaqirdi.

Foto: Reuters

Ötgan hafta hukumat Facebook kabi bir neçta ijtimoiy tarmoqlarni bloklagani yoşlarning ğazabini qözğadi. Nepalning 30 million aholisi orasida 90 foizi internetdan foydalanadi. Rasmiylarning aytişiça, bu qaror soxta akkauntlar orqali nafratli nutq, yolğon xabarlar va firibgarliklar tarqalişini çeklaş uçun qabul qilingan.

Katmandu köçalarida minglab yoşlar, jumladan maktab va kollej formalaridagi öquvçilar «Ijtimoiy tarmoqlar emas, korrupsiya yopilsin», «Tarmoqlarni oçing», «Yoşlar korrupsiyaga qarşi» yozuvli plakatlar bilan yuriş ötkazdi. Namoyişlarni taşkilotçilar «Z avlodi noroziliklari» deb ataşdi.

Foto: Reuters

Human Righs Watch Nepal hukumatini noroziliklarni faqat huquqni muhofaza qiliş nuqtayi nazaridan körmaslikka çaqirib, bu xalqning çuqur korrupsiya, nepotizm va boşqaruvdagi muammolardan noroziligini körsatişini bildirdi.

Rasmiylarga köra, tartibni saqlaş uçun suv purkagiçlar, dubinkalar va rezina öqlardan foydalanişga buyruq berilgan, parlament hududida armiya ham jalb etilgan. Keçga borib zöravonlik susaydi, biroq namoyişçilar parlament yaqinida qolişda davom etişdi.

Nepal hukumati korrupsiyani jilovlaş va iqtisodiy islohotlarda sustkaşlikda tanqid qilinmoqda. Har yili minglab yoş nepalliklar iş va ta’lim uçun çetga çiqib ketadi. Sobiq moliya kotibi Rameşvor Hanalning Reutersʼga aytişiça, iş örinlari yetarli yaratilmagan bölsa-da, xalq ğazabi asosan hukumat tayinlovlari va korrupsiyani yöq qila olmaganidan kelib çiqmoqda.

Seşanba tongiga kelib, hukumat ötgan hafta bloklagan barça 26 ta platforma, jumladan Facebook, WhatsApp, Instagram va WeChat qayta işlay boşladi. New York Times'ning yozişiça, komendantlik soatiga qaramay, norozilar köçalarga qaytib çiqib, hukumat amaldorlari jazolanişi va almaştirilişini talab qilişmoqda.

Xavfsizlik kuçlarining zöravon javobi hukumatga bölgan bosimni yanada kuçaytirgan. Muxolifat partiyalari va hukumat koalitsiyasining ayrim a’zolari boş vazir Sharma Oli iste’fo berişini talab qildi.