Xususan, hujjat bilan mas’uliyati çeklangan jamiyat iştirokçilari tarkibiga kiriş yoki tarkibidan çiqariş faktining kuçga kiriş mexanizmi soddalaştirildi.

Quyidagi holatlarda jamiyat iştirokçilari tarkibiga kiritiş yoki tarkibidan çiqariş tegişli harakat (yoki harakatsizlik) amaliy amalga oşirilgan paytdan boşlab sodir bölgan hisoblanadi:

  • iştirokçilar tarkibidan majburiy çiqariş yoki tarkibiga majburiy kiritiş, şu jumladan, jamiyatdagi uluş iştirokçi va uçinçi şaxs örtasida umumiy mulk deb tan olingan va uning tegişli qismiga mulk huquqi belgilangan holatlarda – sud qarori qonuniy kuçga kirgan kundan;
  • iştirokçining huquqiy vorisi yoki merosxörlarini jamiyatga iştirokçilar sifatida kiritişda – notarius tasdiqlagan meros huquqi töğrisidagi guvohnoma yoki jamiyatni qayta taşkil etiş (qöşib yuboriş, qöşib oliş, böliş, ajratib çiqariş, özgartiriş) munosabati bilan huquqiy vorislikni ötkazişni nazarda tutuvçi topşiriş dalolatnomasi jamiyatga taqdim etilgan vaqtdan (jamiyat ustavidagi uluşning yoki uluş qismining) merosxörlar yoki huquqiy vorislarga ötişi uçun jamiyat iştirokçilarining roziligini oliş zarurligi nazarda tutilgan hollardan taşqari;
  • jamiyat uluşini E-auksion elektron savdo platformasi va/yoki qonunçilikka muvofiq boşqa usullar orqali sotişda – savdo natijalari rasmiylaştirilib, uluş qiymati töliq tölangan kundan (agar oldi-sotdi şartnomasida boşqa şartlar nazarda tutilmagan bölsa);
  • jamiyat uluşini (uluş qismini) sotiş va jamiyat uluşini (uluş qismini) sotişdan boşqaça tarzda uçinçi şaxslar foydasiga voz keçiş notarial şaklda amalga oşirilganda – bu faktni tasdiqlovçi hujjatlar rasmiylaştirilgan kundan.

Jamiyat iştirokçilari tarkibiga kiritiş yoki tarkibidan çiqariş holatlarida jamiyat 30 kun içida boşqa iştirokçilarni bu haqda xabardor qiladi va Tadbirkorlik sub’yektlarining yagona davlat reyestrida jamiyat iştirokçilari tarkibidagi özgartirişlarni davlat qayta röyxatidan ötkaziş çoralarini köradi, ya’ni jamiyat iştirokçilari umumiy yiğilişining qarorini qabul qiliş talab etilmaydi.

Tadbirkorlik sub’yektlarini davlat röyxatidan ötkaziş va hisobga qöyişning avtomatlaştirilgan tizimida quyidagilar töğrisidagi ma’lumotlarni onlayn formatda doimiy kiritiş tizimi joriy etiladi:

  • yuridik şaxs ta’sisçilari (iştirokçilari) ta’sisçi sifatida iştirok etayotgan korxonalar röyxati;
  • ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ta’sisçilar (iştirokçilar) uluşlarining hajmi (foizda);