Muzokaralar davomida Özbekistonda qayta tiklanuvçi energiya manbalari, qattiq va suyuq çiqindilarni qayta işlaş, kanalizatsiya tizimlarini samarali boşqariş, qişloq va suv xöjaligi, xususan baliqçilik sohalarida özaro manfaatli investitsiya loyihalarini amalga oşiriş masalasi muhokama qilindi.

Uçraşuv yakunida 2025 yil sentabr oyida kompaniya delegatsiyasining Özbekistonga taşrifini taşkil etişga kelişib olindi.

New Energy Transfer Group Polşada suvni tozalaş va energiya samaradorligi sohasida faoliyat yuritadi. Kompaniya özining 30 yildan ortiq tajribasiga tayangan holda, innovatsion texnologiyalarni ixtiro qiliş va rivojlantiriş, muhandislik va konsalting xizmatlari körsatiş bilan birga işlab çiqariş, xarid, quriliş, ekspluatatsiya va xizmat körsatiş sohalarida ham samarali yeçimlarni taqdim etadi.

Kompaniya Polşa, Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Xorvatiya, Saudiya Arabistoni, Turkiya, BAA, Qatar, Kuvayt, Indoneziya va Malayziyada 100 million AQŞ dollaridan ziyod umumiy qiymatga ega bölgan 60 ga yaqin yirik loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oşirgan.