Germaniyaning Rheinmetall mudofaa konserni Ukrainani dron hujumlaridan himoya qiliş uçun Skyranger havo mudofaa tizimlari bilan ta’minlaydi. Qiymati yuzlab million yevro bölgan şartnoma 10 sentabr kuni Londondagi DSEI mudofaa sanoati körgazmasida imzolanadi, dedi konsern rahbari Armin Papperger 8 sentabr, duşanba kuni e’lon qilingan ZDF telekanaliga bergan intervyusida. Uning sözlariga köra, birinçi tizimlar joriy yilning oxirigaça Ukraina qurolli kuçlariga yetkazib beriladi.

Skyranger tizimi — bu, xususan, Leopard tanklariga örnatilişi mumkin bölgan mobil zenit platformasi. «Uşbu tizimlarning har biri törtdan tört kilometrgaça bölgan maydonni qamrab olib, dronlardan töliq himoyani ta’minlay oladi. Bu barça dronlar yöq qilinişini bildiradi», — dedi Papperger. U bu tizimlar Ukrainaga hozirgi vaziyatda katta yordam bera olişini ta’kidladi.

Şunday qilib, Ukraina Germaniya qurolli kuçlaridan oldin Skyranger'ni qabul qiladi, deb ta’kidlaydi dpa agentligi. 2024 yil fevral oyida Bundesver uşbu havo mudofaa tizimlarini işlab çiqiş va yetkazib beriş uçun buyurtma berdi. Qiymati 595 million yevro bölgan şartnoma prototip va yana 18 ta seriyali avtomobil yetkazib berişni nazarda tutadi. Pappergerning sözlariga köra, Bundesver hali bu uskunani olmagan.