Dohaga zarba bergan Isroil, NATO osmonidagi Rossiya droni va Epşteyn hujjatlaridagi Tramp imzosi – kun dayjesti
|21:09 / 10.09.20256 68410 min
Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
Isroil Dohaga zarba berdi
9 sentabr kuni tuşdan keyin Qatarning Doha şahrida bir neçta portlaş ovozlari eşitildi. Axios muxbiri Isroil rasmiylariga tayanib, Dohadagi portlaş HAMAS rasmiylariga suiqasd ekanini aytdi. Ayni şu vaqtda Isroil mudofaa kuçlari va xavfsizlik idorasi HAMAS rahbariyatiga aniq zarba berganini ma’lum qilgan.
Keyinroq Qatar taşqi işlar vazirligi zarba HAMAS siyosiy byurosining bir neça a’zolari istiqomat qilayotgan turar joy binolariga berilganini tasdiqladi va Isroil hujumini qoraladi.
HAMAS rasmiylarining Al-Jazeera'ga aytişiça, Isroil zarbalari Dohada aynan Trampning sulh taklifini muhokama qilayotgan guruh amaldorlariga qaratilgan bölgan. Şundan söng Isroil Dohadagi operatsiya uçun töliq mas’uliyatni öziga olganini ma’lum qildi.
«Bugungi operatsiya töliq mustaqil Isroil amaliyoti böldi. Isroil uni boşladi, ötkazdi va unga töliq mas’uliyatni öz zimmasiga oladi», deyiladi boş vazir idorasi bayonotida.
Isroil hujumda özini oqlaşga urinsa, Qatar uni xiyonatkorona va «davlat terrorizmi» deb atamoqda. Qatarning boş vaziri şayx Muhammad bin Abdurahmon Os-Soniyning aytişiça, bu zarbalar Qatar vositaçilik qilayotgan HAMAS va Isroil tinçlik muzokaralarini izdan çiqariş xavfini tuğdirmoqda.
AQŞ prezidenti Donald Tramp Isroil zarbasi haqida «juda norozi» ekanini aytdi.
«Men bundan mamnun emasman. Bu yaxşi vaziyat emas, ammo şuni aytaman: biz garovdagilarni qaytarişni xohlaymiz, lekin bugun bölgan voqea şaklidan ham xursand emasmiz», dedi Tramp.
Tramp şuningdek, Hamasni nişonga olişni «arzişga loyiq maqsad» deb atadi, biroq hujum AQŞning NATOga kirmagan yirik ittifoqçisi bölgan davlatda amalga oşirilgani uçun afsus bildirdi.
Xususan, Oq uy matbuot kotibi Karolin Levitga köra, Tramp özining maxsus vakili Stiv Uitkoffga «qatarliklarni yaqinlaşayotgan hujum haqida xabardor qilişga» topşiriq bergan.
Biroq Qatar bu ta’rifni rad etdi. Qatar taşqi işlar vazirligi vakili hukumat «oldindan xabardor qilingan» degan da’volarni «mutlaqo yolğon» deb atadi.
Mavzuga oid
«Isroilning Dohadagi hujumi oqibatida yuzaga kelgan portlaşlar ovozi jarayonida qatarliklar amerikalik rasmiydan qönğiroq qabul qilişdi», deb yozdi Majid al-Ansoriy. Qatarning taşqi işlar vaziri şayx Muhammad bin Abdurahmon Os-Soniy voqeani «davlat terrorizmi» deb ta’rifladi.
Şuningdek, Tramp Qatar amiriga qönğiroq qilib, «bunday voqea endi ularning hududida takrorlanmasligiga» kafolat berdi.
Hamasning ma’lum qilişiça, hujumda guruhning beş a’zosi, jumladan, surgundagi Ğazo rahbari va boş muzokaraçisi Xalil al-Hayyaning öğli halok bölgan. Ularning ta’kidlaşiça, Isroil guruhning sulh muzokara jamoasini yöq qilişga urinib, muvaffaqiyatsizlikka uçradi. Guruhning eng yuqori darajadagi rahbarlari zarbadan omon qolgan.
Polşada Rossiya dronlari urib tuşirildi
Polşa Ukraina ustiga qaratilgan Rossiya hujumi vaqtida öz havo hududiga qayta-qayta bostirib kirişlar ortidan NATO va milliy havo mudofaasi kuçlarini safarbar qilib, dronlarni urib tuşirganini ma’lum qildi. Bu – uruş boşlanganidan beri Varşava birinçi marta öz hududida Rossiya obektlariga qarşi harakat qilganini anglatadi.
«Polşa havo hududining qayta-qayta buzilişi bilan boğliq operatsiya olib borilmoqda», deb yozdi boş vazir Donald Tusk çorşanba kuni tongda X ijtimoiy tarmoğida. «Harbiylar obektlarga qarşi qurol işlatdi». U prezident Karol Navrotskiy va operativ qömondon bilan «doimiy aloqada» ekanini qöşimça qildi.
Bu e’lon Polşa aeroportlarini yopgani va armiya «çegaradan ötgan obektlarni neytrallaştiriş» operatsiyasini boşlaganini ma’lum qilganidan söng berildi.
Polşa armiyasi mamlakat havo hududining buzilişini «tajovuz harakati» deb atadi. Mudofaa vaziri Vladislav Kosinyak esa Polşa samolyotlari «duşman obektlariga qarşi qurol işlatgani hamda va NATO qömondonligi bilan aloqada ekanini ma’lum qildi.
Varşavadagi eng yirik aeroport — Çopin aeroporti harbiy harakatlar sababli havo hududi yopilganini e’lon qildi. AQŞ Federal aviatsiya ma’muriyati e’lon qilgan ma’lumotga köra, yana uçta aeroport ham «davlat xavfsizligini ta’minlaşga oid rejalaştirilmagan harbiy faoliyat» sabab yopilgan.
AQŞda demokrat senator Dik Durbinga köra, Rossiya dronlarining NATO havo hududiga qayta-qayta kirişi «Vladimir Putin bizning Polşa va Boltiqböyi davlatlarini himoya qilişdagi qat’iyatimizni sinayapti» degan belgi hisoblanadi.
«Putinning Ukrainada davom etayotgan qirğini ortidan bu bosqinlarni e’tiborsiz qoldirib bölmaydi», dedi u.
Polşa 2022 yilda Ukrainadan uçib ketgan raketa janubiy qişloqlaridan biriga tuşib, ikki odam halok bölganidan beri havo hududiga kiruvçi obektlarga nisbatan yuqori ogohlik holatida. Biroq hozirga qadar Polşa yoki ittifoqçi mudofaa tizimlari dronlarni urib tuşirgani haqida xabar bölmagan edi.
Trampning imzosi
AQŞ Kongressi Vakillar palatasidagi demokratlar duşanba kuni 20 yildan ortiq vaqt oldin Donald Tramp Jyeffri Epşteynga yozgan maktubni ommaga e’lon qildi. Oq uy tezda uning haqiqiyligini rad etdi. «Bu mening imzom emas. Bu mening uslubim emas. Bu bema’nilik», dedi Trampning özi.
Oq uy seşanba kuni Donald Tramp tomonidan jinsiy jinoyatlar uçun sudlangan Jyeffri Epşteynga berilgan deb iddao qilinayotgan maktubdagi imzoga sud-tibbiy ekspertiza ötkazilişini qöllab-quvvatlaşini bildirdi. Trampning yordamçilari bu imzo prezidentniki emasligini aytmoqda.
Tramp prezident bölişidan oldin Epşteyn bilan döst bölgan, ammo uning ölimidan bir neça yil oldin u bilan aloqasi uzilganini aytib keladi.
Hujjat va Epşteynga oid boşqa materiallarning e’lon qilinişi prezident Tramp uçun siyosiy oğriqli masalaga yana bir bor e’tibor qaratilganini anglatadi. Tramp tarafdorlarini bu mavzuni ortda qoldirişga çaqirgan bölsa-da, jamoatçilik Epşteynning jinoyatlari va kimlar uni bilgan yoki unga aloqador bölgan bölişi mumkinligi haqida hanuz qiziqişda davom etmoqda.
Ötgan hafta qonunçilar AQŞ Kongressida Epşteyn qurbonlari bilan uçraşdi. Tramp esa qurbonlar bilan uçraşmoqçi emas.
Reuters tomonidan seşanba kuni yakunlangan sörovnoma şuni körsatdiki, AQŞ jamoatçiligi Epşteyn işi borasida şubhalarda qolmoqda: respondentlarning 65 foizi hukumat uning qamoqda «öz joniga qasd qilgani»ga, 72 foizi esa hukumat Epşteynning mijozlar röyxati töliq oçiqlaganiga işonmayapti.
Yevroittifoq Qozoğistonga sanksiyalar joriy etmoqçi
Yevropa Ittifoqi Qozoğistonga qarşi ikkilamçi sanksiyalarni birinçi marta qöllaş imkoniyatini körib çiqmoqda, deb yozdi Bloomberg öz manbalariga tayanib.
Naşr ma’lumotlariga köra, sanksiyalar qöllangan taqdirda, qurol işlab çiqariş uçun möljallangan uskunalarni Qozoğistonga yetkaziş taqiqlanadi. YeI Qozoğiston uşbu uskunalarni katta hajmda Rossiyaga qayta yönaltirayotganini da’vo qilmoqda.
Agentlik suhbatdoşlarining ta’kidlaşiça, qaror hali qabul qilinmagan, buning uçun Yevropa Ittifoqiga a’zo barça mamlakatlarning dalillari va qöllab-quvvatlaşi kerak.
Taklif etilayotgan çoralar Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarşi sanksiyalarining hozir muhokama qilinayotgan 19-paketi bir qismi bölişi mumkin. Yangi paket, şuningdek, Rossiya banklari va neft kompaniyalariga qarşi çeklovlarni kuçaytirişni, «yaşirin» flot tankerlarini qayta suğurtalaşni taqiqlaşni, uçinçi mamlakatlar neft treyderlariga qarşi sanksiyalarni va Rossiya harbiy sanoatida işlatilişi mumkin bölgan tovarlarni eksport qilişni taqiqlaşni öz içiga oladi.
Qozoğistonning bir qator kompaniyalari ilgari ham Yevropa Ittifoqi va AQŞ sanksiya röyxatlariga kiritilgan. Biroq endi butun mamlakatga qarşi ikkilamçi sanksiyalar birinçi marta muhokama qilinmoqda.
Nepalda namoyişçilar hukumatni ağdardi
Nepal hukumati 20 dan ortiq ijtimoiy tarmoqlarni bloklagaç, mamlakat tarixidagi boşlangan eng yirik tartibsizliklar ikkinçi kunda ham davom etdi. «Z avlod namoyişlari» deb nomlangan mitingda minglab yoşlar «Ijtimoiy tarmoqlar emas, korrupsiya yopilsin» degan plakatlar bilan yuriş ötkazdi. Politsiya bilan töqnaşuvda 19 kişi halok böldi, 400 dan ortiq namoyişçilar jarohatlandi.
Şundan söng Nepal boş vaziri KP Şarma Oli «siyosiy yeçim va muammolarning hal qilinişiga qadam taşlaşi» uçun iste’fo berganini e’lon qildi.
Namoyişçilar parlament binosi, şuningdek, taniqli siyosatçilar va partiyalarning uy hamda idoralarini ğazab bilan yoqib yubordi.
Prezident Ramçandra Paudel hukumat binolari va mansabdorlar uylariga qaratilgan zöravon noroziliklar fonida milliy birlikka çaqirdi.
Asosan yoşlardan iborat namoyişçilar 19 kişining ölimi va korrupsion jinoyatlari uçun hukumat a’zolari jazolanişini talab qilmoqda.