Çorşanba kuni erta tongda butun Fransiya böylab Bloquons Tout («Hamma narsani bloklaymiz») harakati tomonidan taşkil etilgan norozilik namoyişlari boşlandi. Namoyişçilar avtomagistrallarni tösib, temiryöl transporti faoliyatini izdan çiqargan. Rasmiylarga köra, önlab odamlar hibsga olingan, butun mamlakat böylab xavfsizlik kuçlari joylaştirilgan.

Içki işlar vaziri Bruno Retayo çorşanba kuni ertalab jurnalistlarga mamlakat böylab xavfsizlik kuçlarining 80 ming xodimi (Parijda 6 ming) joylaştirilgani haqida ma’lum qildi. Fransiya ommaviy axborot vositalari namoyişlarda 100 minggaça odam iştirok etişini kutmoqda.

«Biz butun mamlakat böylab aksiyalarga olib keladigan safarbarlikka duç keliş xavfi ostida turibmiz», – degan Retayo.

Uning sözlariga köra, allaqaçon 200 ga yaqin odam hibsga olingan.

Retayoning qayd etişiça, Bordo şahrida kapyuşonka kiygan 50 ga yaqin kişi yöllarni tösib qöyişga harakat qilgan, Tuluzada esa kabel liniyasidagi yonğin Fransiya janubi-ğarbidagi Tuluza va Oş örtasidagi harakatda uzilişlarga olib kelgan.

Parijda Millat maydoni yaqinida namoyişçilar yonayotgan çiqindi qutilaridan barrikada qurib, transport harakatini tösib qöyişdi va bir neça töqnaşuvlardan söng politsiya ularni közdan yoş oqizuvçi gaz yordamida tarqatib yubordi.

Parijda ham tunda alohida aksiyalar bölib ötgan, biroq vazir tafsilotlarni keltirmadi. Parij politsiyasi hozirgaça 75 kişi hibsga olinganini ma’lum qildi, biroq bu odamlar qayerda va nima uçun hibsga olingani haqida ham batafsil ma’lumot berilmadi.

Vinci avtomobil yöllari operatori Fransiya böylab, jumladan, Marsel, Monpele, Nant va Lion avtomobil yöllarida norozilik namoyişlari va yöllardagi harakatda kuzatilayotgan uzilişlar haqida xabar berdi.

Fransiyaning davlat temiryöl operatori SNCF öz faoliyatida (TER va Intercités poyezdlari harakatida) uzilişlar bölişiga tayyorlanmoqda. Norozilik namoyişlari TGV tezyurar poyezdlari tarmoğiga ta’sir qilmasligi kutilmoqda.

Bugun ertalab SNCF ötgan tunda «ikki yovuzlik akti» Fransiya janubidagi ba’zi poyezdlar harakatini töxtatib qöyganini ma’lum qildi.

Mamlakat janubi-ğarbida joylaşgan Lo-e-Garonna departamenti hududidagi Marmand va Ajyen şaharlari oraliğida ikkita «kabel şikastlanişi» aniqlandi, bu «Bordo va Tuluza örtasidagi temiryöl qatnovi buzilişiga olib keldi», deb xabar berdi SNCF. Tuluza çekkasidagi Kolomya şahridagi yana bir şikastlaniş poyezdlar harakatida uzilişiga olib kelgan.