2023 yilda Iroqda jangçilar tomonidan öğirlab ketilgan Rossiya-Isroil fuqarosi Elizabet Tsurkov asirlikdan ozod etildi va hozir AQŞ himoyasida, dedi 9 sentabr, seşanba kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp. «Xabar berişdan mamnunman, Elizabet Tsurkov, Prinston talabasi, uning singlisi AQŞ fuqarosi hisoblanadi. U ozod etildi va bir neça oylik qiynoqlardan söng hozir AQŞning Iroqdagi elçixonasida xavfsiz holatda», deb yozdi u Truth Social'da.

Tramp «doim adolat uçun kuraşişini» qöşimça qildi va Falastinning HAMAS harakatidan ham Ğazo sektorida garovga olinganlarni zudlik bilan ozod etişni talab qildi.

Iroq boş vaziri Muhammad al-Sudaniy Elizabet Tsurkov ozod etilganini tasdiqladi. «Biz yana bir bor tasdiqlaymizki, qonunlar ijrosi va davlat hokimiyatini qöllab-quvvatlaşda yumşoqlik körsatmaymiz hamda heç kimga Iroq va iroqliklarning obrösiga putur yetkazişiga imkon bermaymiz», — dedi u Facebookʼdagi bayonotida.