Rossiya prezidenti Vladimir Putinning «imperialistik rejasi» Ukrainani zabt etiş bilan tugamaydi, bu «faqat boşlanişi», deb hisoblaydi Germaniya kansleri Fridrix Mers. «Biz har kuni tobora kuçayib borayotgan Rossiya hujumlariga, jumladan, infratuzilmaga qarşi hujumlarga duç kelyapmiz», dedi u Berlindagi TIVda Germaniya elçilarining tört kunlik konferensiyasini oçar ekan.

Şu bilan birga, Germaniya hukumati rahbari «Moskvaning Şimoliy va Boltiq dengizlaridagi provokatsiyalari», şuningdek, Rossiyaning Kiyevga hujumi, Yevropa Ittifoqi vakolatxonasi binosiga zarar yetkazganiga işora qildi. Bu Moskvaning «qoidalarga asoslangan tartibni, tinçlikning Yevropa arxitekturasini» «eng şafqatsizlarça» yöq qilganini körsatadi.

Uning sözlariga köra, Germaniya oldida «bir neça ön yillar davom etişi kerak bölgan yangi xavfsizlik arxitekturasini quriş» böyiça «tarixiy vazifalar turibdi». «Biz liberal dunyo tartibi deb ataydigan narsa köp tomondan, şu jumladan siyosiy Ğarbda ham bosim ostida», deb tuşuntirdi Mers. U «liberal demokratiyalar va avtokratiyalar öqi örtasidagi yangi ziddiyat» haqida ma’lum qildi.