Shuningdek, to‘qnashuvlar sodir bo‘layotgani va jarohat olganlar haqida xabarlar tarqamoqda.

Shaxsiy xavfsizlikni ta’minlash maqsadida Nepal hukumati ko‘rsatmalariga amal qilishga, xususan, odam gavjum joylardan yiroqda bo‘lish, namoyish o‘tkazilayotgan hududlarga yaqinlashmaslik, mahalliy tartib-qoidalarga qat’iy rioya etish tavsiya etiladi.

Favqulodda vaziyatlarda O‘zbekistonning Dehlidagi elchixonasi konsullik bo‘limining quyidagi raqamiga murojaat qilish mumkin +91 94994 85962 (Telegram/WhatsApp).

Telefon raqami tun-u kun ishlaydi.