Germaniya iqtisodiyotining Şarqiy qömitasi tomonidan e’lon qilingan 2025 yilning birinçi yarmiga oid rasmiy ma’lumotlarga köra, GFRning Markaziy Osiyo davlatlari bilan umumiy savdo aylanmasi 2024 yilning şu davriga nisbatan 14,5 foizga pasaygan holda 5 milliard yevroni taşkil etdi.
Biroq, mazkur statistikada Özbekiston bilan Germaniya örtasidagi savdo hajmi barqaror ösişni körsatgani qayd etilgan. "Xususan, Özbekiston va Germaniya örtasidagi özaro savdo aylanmasi 504 million yevrodan 658 million yevroga oşdi. Ösiş 30 foizga teng. Özbekistonning Germaniyaga eksport hajmi qariyb ikki barobarga — 82 foizga, import esa 27 foizga oşgan", – deyilgan maqolada.
Mazkur ösiş Germaniya biznes doiralari uçun Özbekistonni işonçli va diversifikatsiyalangan savdo hamkor sifatida köriş imkonini bermoqda. Şu bilan birga, uşbu tendensiya mintaqadagi ta’minot zanjirlarining qayta şakllanişi va transport-logistika yönalişlarining transformatsiyasini ham aks ettiradi.
Naşr yakunida, "Özbekiston savdo-iqtisodiy sohada Germaniya uçun yangi imkoniyatlar eşigini oçmoqda. Bu holat mintaqada yangi logistika yöllarining şakllanişi va ta’minot zanjirlarining qayta moslaşuvi jarayonlarini ham özida namoyon qilmoqda", – deb yozgan.










