Maqsadli möljallar:
- 2028 yilga qadar YaIDXP va davlat xizmatlari markazlari orqali körsatiladigan xizmatlar sonini 900 taga yetkaziş;
- proaktiv davlat xizmatlari sonini 53 taga va kompozit davlat xizmatlarini 74 taga köpaytiriş;
- byurokratik tartib-taomillarni qisqartiriş, raqamlaştiriş va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etiş orqali yiliga aholining 47 mlrd söm mablağlarini tejaş va ma’muriy xarajatlarni 80 mlrd sömga qisqartiriş;
- fuqarolarning özini özi boşqariş organlari va aholi gavjum joylarni bosqiçma-bosqiç 1100 ta interaktiv kiosklar bilan ta’minlaş orqali 49 mlrd söm miqdorida ma’muriy xarajatlarni tejaş.
Idoralararo axborot almaşinuvini joriy etiş orqali 2025 yil 1 dekabrdan boşlab nikohni rasmiylaştirişda FHDYo organlari tomonidan nikohlanuvçi şaxslardan tibbiy körik natijalarini taqdim etiş talabi, şuningdek ajraşişda sud qarori asosida talab qiliş bekor qilinadi.
Bunda nikohdan ajralganlik töğrisidagi dalolatnoma yozuvi sud joylaşgan joydagi FHDYo organi tomonidan "FHDYoning yagona elektron arxivi" ATida avtomatik tartibda tuziladi, şuningdek sud qarorining nusxasi nikohdan ajralganlik töğrisidagi guvohnomaga tenglaştiriladi. Davlat boji tuman (şahar) Majburiy ijro byurosi bölimlari tomonidan har ikki yoki ularning biridan undiriladi.
Quyidagilar bekor qilinadi:
- çaqiriluvçilar va harbiy xizmatga majburlarning turar joyi, öqiş joyi, iş joyi va lavozimidagi özgarişlar töğrisidagi ma’lumotlarni tegişli mudofaa organlariga taqdim etiş majburiyati;
- avtomototransport vositasini röyxatdan ötkaziş guvohnomasida avtomototransport vositasi egasining manzilini körsatiş talabi.
2025 yil 1 noyabrdan boşlab:
- jismoniy şaxslarning şaxsiy ma’lumotlari YaIDXPda ularning şaxsiy kabineti orqali real vaqt rejimida taqdim etiladi, ular qoğoz şakliga tenglaştiriladi;
- agar bu ma’lumotlar YaIDXPning mobil ilovasidan foydalangan holda taqdim etilsa, davlat organlari va taşkilotlar tomonidan bu ma’lumotlarning qoğoz şaklini talab qiliş taqiqlanadi;
- DXMga murojaat qilinganda pensionerlarga, homilador ayollarga va uç yoşga tölmagan bolasi bilan kelgan fuqaroga davlat xizmatlaridan navbatsiz foydalaniş böyiça imtiyoz beriladi;
- jismoniy şaxslarni Yagona identifikatsiya tizimida (OnelD) röyxatdan ötkazişda muqobil tarzda şaxsni biometrik identifikatsiya qiliş (Face ID) tartibi joriy etiladi;











