Belgiyaning Gent şahridagi Flanders Festival festivali taşkilotçilari Myunxen filarmoniyasi orkestri (Münchner Philharmoniker) konsertini bekor qildi va bu qarorni uning bölajak boş dirijyori isroillik pianinoçi Lahav Şani ekanligi bilan izohladi. Bu haqda 10 sentabr, çorşanba kuni festival saytida xabar berildi.
«Lahav Şani bir neça bor tinçlik va yaraşuv tarafdori bölgan, biroq uning Isroil filarmonik orkestri boş dirijyori sifatidagi rolini hisobga olib, Tel-Avivdagi genotsid rejimiga nisbatan uning pozitsiyasini yetarliça aniq ifoda eta olmaymiz», — deyiladi festival taşkilotçilari bayonotida.
Ular bu qarorni «madaniyat vaziri, Gent şahar kengaşi va Gentdagi madaniyat sohasi vakillarining murojaati» bilan izohladi. «Biz bu rejimdan aniq uzoqlaşmaganlar bilan hamkorlik qilişdan boş tortişga qaror qildik», — deyiladi bayonotda. «Biz festivalimizda xotirjamlikni saqlaşga, tomoşabinlar va musiqaçilarimizning xavfsizligini ta’minlaşga qaror qildik», dedi taşkilotçilar. Şuningdek, ularga qandaydir aniq tahdidlar bölgani yoki bölmaganiga aniqlik kiritilmagan.











