AQŞ Prezidenti Donald Tramp hokimiyatga kelganidan buyon özining 200-farmonini imzoladi. Bu farmonga köra, bundan keyin “Mudofaa vazirligi” nomi “Uruş vazirligi” böladi. Tramp va uning komandasi uçun muhim yutuq. Ammo bunga parallel ravişda Xitoy ham harbiy qudratini yanada oşiriş harakatida. Rasmiy Pekinning katta parad ötkazişi va unda noyob qurollarni köz-köz etişi dunyoda qurollanişning yangi davri boşlanganini körsatmoqda.
AQŞ Prezidenti Donald Tramp hokimiyatga kelganidan buyon özining 200-farmonini imzoladi. Bu farmonga köra, bundan keyin “Mudofaa vazirligi” nomi “Uruş vazirligi” böladi. Lekin bu farmon töliq huquqiy maqomga ega bölişi va rasmiy nomlanişi uçun, bu ğoyani AQŞ Kongressi qöllab-quvvatlaşi kerak. Buning esa ehtimoli kam. Çunki AQŞ Kongressida ikki partiya örtasida bu borada jiddiy kelişuv böliş ehtimoli kam. Lekin Trampga buning qiziği yöq. Agar rasmiy bölmasa, norasmiy şaklda ham Pentagonni “Uruş vazirligi” deyiş – Tramp va uning komandasi uçun muhim yutuq. Trampning fikriga köra, sözlar, nomlar katta psixologik effektga ega. AQŞ global raqobatda yutişi uçun, boşqalarga samaraliroq bosim qila olişi uçun, “mudofaa” pozitsiyasidan “qat’iy” va “şijoatli” pozitsiyaga ötişi kerak edi.
Aslida AQŞ Britaniya podşoligidan mustaqil bölgaç, davlatçilikning boşidan to Ikkinçi jahon uruşi tugaguniga qadar bu vazirlikni “Uruş vazirligi” deb nomlar edi. Faqat 1947 yilga kelib “Mudofaa vazirligi” deb almaştirdi. Xöş, nega bugunga kelib Tramp va uning tarafdorlari bu muassasani “Uruş vazirligi” deb nomlaş niyatida? Bu nimadan dalolat?
Sobiq SSSR qulagaç, u bilan birga sotsialistik lager ham quladi. Natijada, dunyoda bir qutblilik paydo böldi. AQŞning irodasi qolgan barça davlatlar uçun qonundek gap edi. Biroq bu vaziyat u qadar uzoq çözilmadi. Ammo keyingi ön yilliklarda dunyoda köp qutblilik şakllaniş tendensiyasi boşlangan. AQŞga strategik raqib sifatida bugun Xitoy Xalq Respublikasi köriladi. Qolaversa, Rossiya Federatsiyasi, Yevropa Ittifoqi, Hindiston va global janub davlatlari ham köp qutblilik şakllanişida eng muhim iştirokçilar hisoblanadi.
3 sentabr kuni Xitoyda Ikkinçi jahon uruşi tugaşining 80 yilligi munosabati bilan harbiy parad böldi. Bu paradda Xitoy özining eng zamonaviy va turfa harbiy qurol-yaroğ salohiyatini köz-köz qildi. Bundan 20-30 yil oldin Xitoy özining harbiy texnikalarini asosan Rossiya Federatsiyasidan sotib olar edi. Biroq bugunga kelib vaziyat mutlaq özgargan. Bugun Xitoy özini qurol-aslaha bilan töliq ta’minlamoqda, u töliq harbiy-texnik suverenitetga, mustaqillikka ega. Qolaversa, zamonaviy qurollar sotuvçisi maqomiga kötarilgan. Bu Pekinning katta yutuği sifatida köriladi.











