Subsidiyalar quyidagi yo‘nalishlarda beriladi:

ta’lim xarajatlari uchun:

  • kasb-hunar, dasturlash, axborot texnologiyalari kurslari uchun – BHMning 5 baravarigacha;
  • umumta’lim fanlari – BHMning 3 baravarigacha;
  • xorijiy tillar uchun – BHMning 3 baravarigacha.

Bir nafar yoshga bir turdagi kurs uchun 12 oydan oshmagan muddatda subsidiya ajratiladi;

ijarada yashash xarajatlari uchun – bir kunlik miqdor BHMning 10 foizigacha (41 ming 200 so‘m);

transport xarajatlari – har bir kilometr uchun BHMning 0,2 foizigacha (824 so‘m).

Har yili 500 nafar nogironligi bo‘lgan yoshgagina subsidiya ajratiladi. Subsidiyalar ariza topshirish ketma-ketligi bo‘yicha beriladi.

Yoshlar quyidagi ikki yo‘ldan biri orqali ariza topshirishi mumkin:

davlat xizmatlari markaziga shaxsan murojaat qilish;
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali elektron shaklda ariza yuborish.

Ariza bilan birga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

  • pasport yoki shaxsiy identifikatsiya raqami;
  • nodavlat ta’lim muassasasi bilan tuzilgan shartnoma;
  • yashash xarajatlari qoplanishi so‘ralsa, ijara shartnomasi va uning soliq organlarida ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma;
  • transport xarajatlari uchun – yo‘l chiptalari yoki boshqa tasdiqlovchi hujjatlar.

Ariza 15 ish kunida ko‘rib chiqiladi. Agar barcha talablar to‘liq bajarilgan bo‘lsa:

  • ariza beruvchiga SMS orqali xabarnoma yuboriladi;
  • mahalladagi yoshlar yetakchisi ta’lim olish, yashash va transport sharoitlarini monitoring qiladi;
  • nodavlat ta’lim muassasasi har oylik hisob-fakturani tuman (shahar) yoshlar ishlari bo‘limiga yuborib boradi.

Arizada kamchiliklar bo‘lsa, ariza beruvchiga bu haqda SMS-xabarnoma yuboriladi va kamchiliklar tuzatilgandan keyin qayta murojaat qilish mumkin.

Subsidiya ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilganidan so‘ng:

  • ta’lim xarajatlari uchun mablag‘ tuman (shahar) bo‘limi orqali nodavlat ta’lim tashkiloti hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
  • yashash va transport xarajatlari uchun mablag‘lar ariza beruvchining shaxsiy bank kartasiga yuboriladi.