Muloqot avvalida Britaniya tomoniga XMBM faoliyati haqida ma’lumot berildi. Xususan, dunyoning bir qator universitetlari, shu jumladan Britaniya oliygohlari bilan hamkorlikda O‘zbekiston ta’lim tizimiga akademik va kasbiy dasturlarni joriy etish hamda talabalar uchun akademik mobillik va xalqaro ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish ustida ish olib borayotgani ta’kidlandi.
Tomonlar turli yo‘nalishlarda, xususan dual diploma dasturlari hamda o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi sohalarida uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashdi.
Uchrashuv yakunida muhokama qilingan yo‘nalishlar bo‘yicha ekspertlar darajasida ishchi muzokaralarni uyushtirish to‘g‘risida kelishuvlarga erishildi.











