Safar davomida mehmonlar Özbekiston Qişloq xöjaligi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş agentligi, Farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi, Samarqand va Buxoro viloyatlari hokimliklari, şuningdek, mamlakatdagi turizm kompaniyalari vakillari bilan uçraşuv va muzokaralar ötkazdi.

Uçraşuvlarda qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiriş, uruğçilik, qöşma investitsiya loyihalari amalga oşiriş, ta’lim jarayoniga ilğor metodlarni joriy etiş va qöşma fakultetlar taşkil etiş, birgalikda farmatsevtika mahsulotlari işlab çiqariş, turizm, jumladan ziyorat turizmini rivojlantiriş kabi yönalişlarda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Qişloq xöjaligi sohasida delegatsiya vakillari Abduazim Agro fermer xöjaligi hamda Agrokontinent kompaniyasi faoliyati bilan tanişib, kelgusida tajriba tariqasida hamkorlikda Özbekistonda poliz ekinlari, jumladan kartoşka yetiştiriş böyiça loyiha amalga oşiriş istiqbollari yuzasidan fikr almaşdilar.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida ötkazilgan muzokaralarda Pokiston universitetlari filiallarini oçiş va zamonaviy metodikalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etiş masalalari körib çiqildi.

Investitsiyalar sohasida mehmonlarga biznes yuritiş uçun yaratilgan şaroitlar va ustunliklar, investorlarga beriladigan imkoniyatlar, agentlik faoliyatining asosiy yönalişlari töğrisida taqdimot ötkazildi.

Farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligida esa biologik faol qöşimçalar işlab çiqarişga oid takliflar körib çiqildi. Şuningdek, delegatsiya a’zolari Tashkent Pharma Park va u yerda investorlar uçun yaratilgan imkoniyatlar bilan taniştirildi.

Hududiy taşriflar çoğida Samarqand va Buxoro viloyatlarida ikki mamlakat tadbirkorlari iştirokida G2B va B2B muloqotlar taşkil etilib, qişloq xöjaligi, uruğçilik, töqimaçilik, meva-sabzavotlarni qayta işlaş, turizm yönalişlarida hamkorlik loyihalari yuzasidan kelişuvga erişildi.

Turizm sohasida esa Özbekiston va Pokiston örtasida sayyohlar oqimini oşiriş, qöşma turistik marşrutlarni işlab çiqiş böyiça fikr almaşildi. Ikki tomon turistik kompaniyalari örtasida anglaşuv memorandumlarini imzolaş, qisqa fursatlarda amaliy hamkorlikni yölga qöyişga kelişib olindi.