Qayd etilişiça, avgust oyida umumiy biznes muhiti indeksi ötgan yilning şu davriga nisbatan 2 punktga ösib, 55 bandni taşkil etdi. Bu ösiş asosan hozirgi faollikning ösişi hisobiga kuzatildi. Biznes muhitining joriy holati indeksi ötgan yilning mos davriga nisbatan 10 bandga ösib, 49 bandni taşkil etdi.

Joriy holat indeksi tadbirkorlarning amaldagi vaziyatga, ya’ni sotuvlar, iş bilan ta’minlaş, talab, resurslarga yetarli kiriş imkoni va faoliyat muhitining barqarorligi kabi omillarga nisbatan munosabatini aks ettiradi.

Şu bilan birga, biznesning istiqboldagi kutilmalari indeksi 67 banddan 62 bandgaça biroz pasaygan bölsa-da, hanuz yuqori darajada saqlanib qolmoqda. Bu esa tadbirkorlarning kelajakka bölgan işonçi barqaror ekanini körsatadi.

Tadbirkorlar örtasida ötkazilgan sörov natijalariga köra, barqaror ijobiy dinamika kuzatilmoqda. Joriy yil avgust oyida öz biznesining joriy holatini «yaxşi» deb baholagan respondentlar uluşi ötgan yil avgust oyidagi 41 foizdan joriy yil 45 foizgaça ösdi. Şu bilan birga, respondentlarning 39 foizi sönggi uç oyda biznes körsatkiçlari yaxşilangannini ta’kidlagan bölsa, 41 foiz talab ösganini bildirgan.

Kelgusi oylarga oid kutilmalar ham yuqori darajada saqlanmoqda. Xususan, respondentlarning 69 foizi yaqin uç oy içida öz biznesi ösişda davom etişiga işonmoqda, 62 foizi qöşimça talab ösişini kutmoqda, 53 foizi esa işçilar soni köpayadi, deb prognoz bermoqda.

Avgust oyida Özbekiston qişloq xöjaligi sohasidagi biznes muhiti sektorning pozitsiyalari mustahkamlanayotganini va tadbirkorlar işonçi ortayotganini körsatdi. Oy davomida indeks 7 bandga ösib, 57 bandni taşkil etdi va ötgan yilgi körsatkiçdan 1 bandga yaxşilandi.

Sörov natijalariga köra, qişloq xöjaligida tadbirkorlarning 50 foiz öz biznesi holatini «yaxşi» deb baholagan, bu esa ötgan yilgi körsatkiçdan 10 bandga yuqori. Şu bilan birga, respondentlarning 42 foiz sönggi uç oyda biznesi yaxşilanganini qayd etgan. Qişloq xöjaligidagi istiqboldagi kutilmalar indeksi 68 bandga yetdi.

Sanoatda işlab çiqariş faolligining jonlanişi kuzatildi. Jumladan, biznes-muhitining joriy holat indeksi 3 bandga ösib, 41 bandni taşkil etdi. Şu bilan birga, umumiy indeks 2 bandga pastlab, 48 bandni taşkil etdi.

Sanoatdagi tadbirkorlarning deyarli yarmi vaziyatni qoniqarli deb baholagan. Işçilar sonining ösişi (28 foiz) iş örinlari kengayayotganidan dalolat beradi. Şu bilan birga, respondentlarning 70 foiz biznesining yaqin kelajakda yaxşilanişiga işonmoqda.