AQŞ prezidenti Donald Tramp Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu bilan suhbat çoğida Qatar poytaxti Dohada HAMAS yetakçilariga zarba beriş qarorini «aqlsiz» deb atadi, deb yozadi The Wall Street Journal manbalarga tayanib.

WSJ manbalari zarba berilgan kuni ikki davlat rahbarlarining telefon suhbatini «keskin» deb atadi. Gazetaning yozişiça, Netanyahu Trampga Isroilda zarba beriş uçun qisqa vaqt bölganini aytgan va u imkoniyatdan foydalanişga qaror qilgan. Öşa kuni ular örtasidagi ikkinçi telefon muloqoti döstona böldi, deb yozadi WSJ. Tramp Netanyahudan hujum muvaffaqiyatli bölgani yoki bölmaganini söradi, deyiladi gazetada.

Qatar boş vaziri Muhammad bin Abdul Rahmon bin Jassim Al Tani Amerikaning CNN telekanaliga bergan intervyusida Isroilning Dohadagi hamasçilarga bergan zarbasi guruh tomonidan garovga olingan isroilliklarning ozod etilişiga «barça umidni yöqqa çiqardi» degan fikrni bildirdi.