Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.

Isroil baland binolarni portlatişda davom etmoqçi

Isroil armiyasi payşanba kuni Ğazo şahridagi baland turar joy binolarini buzişni davom ettirişini va bu butun şaharni egallaşga qaratilgan hujumning bir qismi ekanini bildirdi.

IDFʼga köra, bu binolar Isroil «qöşinlariga bevosita tahdid soladi». Ammo mahalliy aholi, huquq taşkilotlari va HAMAS bu da’volarni rad etib, minoralar oddiy fuqaro yaşaydigan binolar ekanini bildirişdi.

Çorşanba kuni isroillik qöşinlar yuzlab odam yaşagan va köçirilganlar lageri yonida joylaşgan «Tiba 2» minorasini yer bilan yakson qildi. Zarba oqibatida ikki falastinlik halok böldi, bir neça kişi yaralandi, minglab odamlar esa boşpanasiz qoldi.

Baland binolarni tizimli ravişda buziş usuli – aholining janubga qarab majburan köçirilişini tezlaştiriş, şaharni böşatiş rejasining bir qismi bölişi mumkin.

Ğazo hukumati matbuot idorasining seşanba kungi bayonotiga köra, doimiy bombardimon va köp marotaba berilgan evakuatsiya buyruqlariga qaramay, Ğazo şahrida 1,2 milliondan ortiq falastinlik hanuz qolmoqda.

Isroil armiyasining Ğazo sektorida olib borayotgan amaliyoti natijasida 2023 yil oktyabrdan beri kamida 64 700 falastinlik halok bölgan. Hodisalar genotsid körinişida baholanmoqda. Harbiy yuriş anklavni vayron qilgan, u hozir oçarçilik tahdidi ostida qolmoqda.

Çarlining ölimi: FQB ma’lumot uçun 100 ming dollar mukofot e’lon qildi

AQŞ tergovçilari konservativ faol Çarli Kirkning öldirilişi bilan boğliq «qiziqiş uyğotuvçi şaxs»ning suratlari va videosini e’lon qildi. Reutersʼning yozişiça, politsiya siyosiy tus olgan uşbu qotillikda qöllangan deb hisoblanayotgan miltiqni ham topgan.

Tergovçilar hali rasmiy ravişda motiv haqida gapirmagan, biroq Tramp jurnalistlarga qotilning niyati borasida özida ma’lumot borligini aytdi. «Bu haqda keyinroq sizlarga aytamiz», dedi u, huquqni muhofaza qiluvçi idoralar tergovda «katta yutuqlarga» erişayotganini qöşimça qildi.

FQB va ştat rasmiylarining ma’lum qilişiça, qotil tadbir boşlanişidan bir neça daqiqa oldin kampusga kelgan. Kuzatuv kameralaridagi videolarda bir kişi zinadan çiqib tomga kötarilgani va u yerdan öq uzgani köringan.