AFP agentligining muzokaralardan xabardor bölgan amerikalik mulozimga tayanib yozişiça, Yevropa Ittifoqi ham xuddi şunday çoralar körsa, Qöşma Ştatlar Rossiya neftini sotib oluvçi mamlakatlarga bojlarni kengaytirişga tayyorligini ma’lum qildi.

AQŞ va Yevropa Ittifoqi muzokaralariga qöşilgan prezident Donald Tramp Rossiya nefti xaridorlari, jumladan, Xitoy va Hindiston uçun 50 foizdan 100 foizgaça boj kiritişni taklif qildi. «Rossiya uruş maşinasi uçun pul manbayi Xitoy va Hindistonning neft sotib olişidir. Agar siz bu manbani kesmasangiz, uruş maşinasini töxtata olmaysiz», deb ta’kidladi rasmiy. Muhokamada AQŞ moliya vaziri Skott Bessent, savdo vakolatxonasi va Davlat departamenti vakillari iştirok etdi.

AQŞ rasmiysining sözlariga köra, Tramp «harakat qilişga tayyor», biroq Yevropa Ittifoqi Vaşington bilan birgalikda harakat qilişi zarur, deb hisoblaydi. Ikkinçi manba 85 senator tomonidan qöllab-quvvatlangan qonun loyihasini eslatib ötdi, u prezidentga Rossiya bilan savdo qiluvçi mamlakatlarga ikkilamçi tariflar joriy etiş imkonini beradi. Biroq, uning qöşimça qilişiça, Yevroparlamentda bunday qadamni qöllab-quvvatlaş uçun «siyosiy iroda» bor yoki yöqligi savol ostida qolmoqda.