APLda derbi, Italiyada grandlar töqnaşuvi. Uikenddagi asosiy öyinlar anonsi
|19:06 / 13.09.20255 79216 min
Angliyada Husanov Mançester derbisida, Turkiyada esa Şomurodov va Fayzullayev Istanbul derbisida maydonga tuşişi mumkin.
Foto: Getty ImagesFoto: Getty Images
Kiçik tanaffusdan söng yana klublar futboli qaytdi. Tabiiyki, har doimgidek, bu dam oliş kunlari ham muxlislarni bir qator qiziqarli töqnaşuvlar kutmoqda. Habi Alonso boşqaruvidagi «Real» Ispaniyada dastlabki jiddiy sinovga duç kelsa, Italiyada navbatdagi «klasiko», Angliyada Mançester derbisi. Albatta, boşqa uçraşuvlar ham nazardan çetda qolmasligi kerak, zero kelasi hafta boşlanadigan Çempionlar Ligasi oldidan top-klublar sönggi repetitsiyani amalga oşiradi. Quyida eng e’tiborli beş öyin haqida batafsil.
«ReAL SOSIYeDAD» – «ReAL» MADRID (13 sentabr, 19:15)
La Ligada faqat ikki jamoa uç turdan söng 100 foizlik natijani qayd etgan va ulardan biri Madridning «Real» klubidir. Jamoa mavsumni oğir boşlagan bölsa-da, hozirgaça oçko yöqotmadi. Töğri, taqvim ham «Real» uçun ança qulay kelgani, hozirça yagona safar öyini ham liga debyutanti «Oviyedo»ga qarşi keçganini ta’kidlaş kerak. Aytiş mumkinki, Habi Alonsoning Ispaniyadagi ilk jiddiy sinovi Sosiyedadda böladi va qiziği, Alonsoning özi futbolçi sifatida faoliyatini aynan mana şu klubda boşlagan hamda jamoa safida yuzdan ortiq uçraşuvda iştirok etgan. Qaysidir ma’noda bu uçraşuvni Habining öz uyiga qaytişi deb ham ayta olamiz.
Jiddiy sinov deyilganining sababi, «Estadio Munisipal de Anoeta» – grand klublar uçun doim qiyin stadion bölib kelgan. Madridliklar bu yerda oxirgi ikki öyinni öz hisobiga yozib qöygan bölsa-da, minimal hisob qayd etilgan, heç qaçon oson bölmagan. Şuningdek, muxlislar jamoalar örtasidagi sönggi Ispaniya kubogi yarimfinalini ham yaxşi eslasa kerak. Öz maydonida 0:1 hisobida mağlub bölgan basklar Madridda şou uyuştirişgan – qöşimça bölimlarning oxirida Ryudiger urgan golgina hisobni (4:4) tenglaştirib, mezbonlarni finalga olib çiqqandi. Xullas, «Sosiyedad» top-raqiblarga qarşi qanday öynaşni yaxşi biladi.
Buning ustiga an’anaviy ravişda terma jamoalar bilan boğliq yiğinlardan keyingi tur yetakçi klublarga noqulaylik tuğdirişi ma’lum. Çunki örtamiyona jamoalarda turli terma jamoa a’zolari nisbatan kamroq böladi va navbatdagi öyinga köngildagidek tayyorgarlik köriş mumkin. «Real» esa deyarli hamma futbolçisini terma jamoalar ixtiyoriga jönatgandi. Yaxşiki, jamoaning sobiq ustozi Karlo Ançelotti «Real»ga yana bir kiçik yaxşilik qildi – birorta sobiq şogirdini Braziliya yiğiniga çaqirmadi. Şuningdek, bu uçraşuvdan uç kun ötib «Real» Çempionlar Ligasi doirasidagi ilk öyinini «Marsel»ga qarşi ötkazişini ham eslatib ötiş kerak.
Mavzuga oid
Jarohatlarga kelsak, mezbonlar tarkibida «Jirona»dan yaqinda tranfser qilingan Yanxel Errera yangi şeriklariga yordam bera olmaydi. Şuningdek, Orri Oskarssonda ham kiçik jarohat bor. Alonso esa Kamavinga va Bellinghemning yordamidan foydalana olmaydi.
Uç turdan söng yangi murabbiy Serxio Fransisko qöl ostida hali birorta ham ğalaba qozona olmagan «Sosiyedad» kuçli raqibni mağlub etib, öziga bölgan işonçni qaytarib oladimi yoki «Real» ğalabali yurişini davom ettiradimi?
«YuVeNTUS» – «INTeR» (13 sentabr, 21:00)
«Yuventus» ikki uçraşuvda ham öz darvozasini daxlsiz saqlagan holda ğalaba qozondi va turnir jadvalini boşqarib bormoqda. Bu sizga nimanidir eslatmayaptimi? Ötgan mavsumda ham «Yuventus» ilk golini 7-turga kelibgina ötkazib yuborgan, hatto yanvar oyigaça mağlubiyat nimaligini bilmagandi. Ammo juda köp duranglar turinliklarni çempionlik poygasidan erta çiqarib yubordi. Bu safar ham şunday böladimi yoki Tyudor Mottaning xatolaridan kerakli saboq çiqarganmi? «Inter»ga qarşi öyin köp savollarga javob beradi, zero tarkib va salohiyat böyiça milanliklar baribir A Seriyaning eng kuçli jamoasi sanaladi.
«Inter» mavsumni Turinning boşqa bir jamoasi «Torino» ustidan yirik (5:0) ğalaba bilan boşlagan bölsa-da, kutilmaganda ötgan turda «Udineze»ga öz maydonida yutqazib qöydi (1:2). Hammasi oson boşlangan öyin kutilmaganda mehmonlarning gollari bilan davom etdi va hisobni tenglaştirişni Kivu şogirdlari uddalay olmadi.
Bu bir kutilmagan qoqilişmidi yoki jamoada hal qilinişi kerak bölgan muammolar bormi, buni «Yuventus»ga qarşi öyinda bilib olamiz. Odatda murabbiy almaşganda har bir muvaffaqiyatsiz öyinning salbiy ta’siri odatdagidan köproq böladi, futbolçilarda şubhalar paydo bölişni boşlaydi. Özi katta futbolda murabbiylik faoliyatini şu yil fevralida boşlagan Kristian Kivu uçun albatta, har bir natija bosim nuqtayi nazaridan juda ahamiyatli bölişi tabiiy.
Taxminiy tarkiblarga kelsak, «Inter»da yöqotişlar yöq, jangovar tarkibda. Hatto sönggi transfer sifatida olib kelingan Manuel Akanji ham muhim öyinda debyut qilişi mumkin. «Yuventus» esa Konseysau yordamidan foydalana olmaydi. Ötgan yilgi şu raqiblar örtasida Turinda keçgan uçraşuvda aynan Çiko masalani hal qilgan yagona golni urgandi. Şuningdek, Andrea Kambiaso «Parma»ga qarşi öyinda hakam tomonidan çetlatilgandi. U ham diskvalifikatsiya tufayli öyinni ötkazib yuboradi. Arkadiuş Milik esa doimgidek jarohatda.
Özaro öyinlarga qaralsa, Turindagi uçraşuvlar «Inter» uçun oson keçmasligini köramiz. A Seriya doirasidagi sönggi 15 öyinda «Inter» faqat ikki marta ğalaba qozona olgan. Ularning ham bittasi 2012 yilga töğri keladi. Yuqorida eslangan Çiko yagona golni urgan uçraşuvdan avvalgi ikki töqnaşuv bir xil – 1:1 hisobida yakuniga yetgan. Ötgan mavsum Milanda bölib ötgan öyinda esa 4:4 hisobi qayd etilgandi.
Bu uçraşuvdan keyin har ikki jamoani kelasi hafta Çempionlar Ligasi kutib turibdi. «Inter» Niderlandiyada «Ayaks» mehmoni bölsa, «Yuventus» Turinda «Borussiya»ni qabul qiladi.
Birdaniga ikki özbekistonlik transfer qilingan jamoa mamlakatning eng kuçli klublaridan biriga qarşi derbida töp suradi. Afsuski, «Boşoqşehir» mavsumni kutilganidek boşlay olmadi, aks holda nafaqat biz uçun, balki Turkiya Superligasining ham markaziy öyini bölişi mumkin edi.
«Istanbul Boşoqşehir» mavsum startidagi ikki öyinini ham öz maydonida durang bilan yakunladi. Raqiblar «Qayserispor» va «Eyupspor» bölgani e’tiborga olinsa, qoniqarsiz start. Hammasidan ham Ruminiyaning «KSU Krayova» jamoasiga qarşi pley-off öyinlarini boy berib, Konferetsiyalar ligasi kubogi yöllanmasidan quruq qolişi ham muxlislarni ranjitdi. «Beşiktoş»ga qarşi öyin öziga yaraşa prinsipial, ham derbi sifatida, ham nihoyat jamoa özini körsatib, maqsadlari jiddiy ekanini nafaqat transferlar bilan, balki munosib öyin bilan ham isbotlaşi kerak.
Katta klub sifatida «Beşiktoş»ning muammolari ham kattaroq. Avval jamoa «Lozanna»ga qarşi javob öyinida yutqazib, yevrokuboklardan çiqib ketdi va Ole Gunnar Sulşerni iste’foga çiqardi. Odatda murabbiy almaşişi heç bölmasa ilk öyinlarda emotsional kötarilişga sabab böladi va köp jamoalar şu davrda ijobiy natijalar qayd etişadi. Ammo jamoa Sergen Yalçin qöl ostiga ötganidan keyin ham tuzalmadi – «Alaniyaspor» maydonidagi öyin mezbonlarning 2:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi. Xullas, «Beşiktoş»da ham muxlislari qarşisida öz aybini yuvişga imkoniyat – «Istanbul» ustidan çiroyli ğalaba.
Hamyurtlarimizga kelsak, Eldor Şomurodov sönggi beş öyinda muntazam ravişda boşlanğiç tarkibda tuşdi va oxirgi uç öyinni töliq ötkazdi. Abbos Fayzullayev esa nihoyat «Eyupspor»ga qarşi öyinda birinçi marta asosiy tarkibdan joy oldi va 70-daqiqada almaştirildi. Abbos ham, Eldor ham uşbu öyinda ilk daqiqalardan maydonga tuşmasligi mumkin, zero har ikkisi ham Özbekiston tarkibida örtoqlik öyinlarida harakat qilişdi. Devi Zelke, Brniç, Turuj kabi hujumçilar terma jamoalar yiğinlarida iştirok etişmagan. Şunday bölsa-da, hamyurtlarimizga işonç bildirilişini kutib qolamiz.
«ATLeTIKO» – «VILYaRReAL» (13 sentabr, 23:55)
Raspadori, Almada, Baena, Rudjyeri kabi ança qiziqarli xaridlarni amalga oşirgan «Atletiko» kutilmaganda Simeone davridagi eng yomon startni qayd etdi – 3 öyin, 2 oçko. Holbuki, raqiblar ança osonroq edi – «Espanyol», «Elçe» va «Alaves». Undan ham alamlisi, har uç öyinda ham «Atletiko» tezkor gol urib hisobni oçgandi. Lekin Simeone qölyozmalariga ters ravişda ustunlikni saqlab qoliş amalga oşmay qoldi.
«Vilyarreal» esa aksinça. Agar «Selta»ga qarşi öyinning 90+4-daqiqasida mezbonlar hisobni tenglaştirmaganda, ayni paytda jamoa 100 foizlik körsatkiç bilan birorta ham gol ötkazmagan holda turnir jadvali peşqadami bölib turgan bölardi. Dastlabki ikki öyinni jamoa umumiy 7:0 hisobida öz foydasiga hal qilgandi. Albatta, boşqa tomonini ham aytiş kerak, «Vilyarreal» dastlabki turlarni öz maydonida ötkazgan, ilk safar öyini esa yuqorida eslangan «Selta»ga qarşi uçraşuv edi.
Bu safar ham «Vilyarreal» safarda töp suradi. Ammo aytiş mumkinki, «Metropolitano» uşbu jamoa uçun u qadar qörqinçli emas. Avvalgi natijalar bundan dalolat qilib turibdi. Aynan Madridda ötgan oxirgi 14 uçraşuvning yarmidan köpida mehmonlar oçko olib ketişga muvaffaq bölgan. «Atletiko» uşbu raqibga qarşi oxirgi beş uy öyinida atigi bir marta ğalaba qozona olgan, xolos. «Vilyarreal» hisobida ham bitta ğalaba bor, uç uçraşuv durang bilan yakuniga yetgan. Ötgan mavsumda jamoalar örtasidagi ikkala öyin ham durang bilan tugagan.
Tarkiblarga töxtaladigan bölsak, Diyego Simeone yangi transferi Aleks Baenaning yordamidan foydalana olmaydi. 24 yoşli yarimhimoyaçi dastlabki turda «Espanyol»ga qarşi öyinda jarohat olib maydonni tark etgandi. Şuningdek, Tiago Almadaning ham iştiroki söroq ostida. Mehmonlar tarkibida Jyerar Moreno töliq tiklanib ulgurgani yöq.
«Atletiko»ni kelasi haftada ham muhim öyin kutib turibdi. Madridliklar YeÇL 1-turi doirasida «Liverpul» maydoniga safar qiladi.
Mançester derbisi har qanday mavsumda APL markaziy uçraşuvi sanalsa-da, turnir jadvali nuqtayi nazaridan yana biroz soyada – jamoalarning birgalikda töplagan oçkolarini qöşsak ham «Liverpul»nikidan kam bölib çiqadi. «MYu»ning muvaffaqiyatsiz starti avvaldan taxmin qilingan bölsa, 1-turdan keyin «Mançester Siti» ança yaxşi taassurot qoldirgan, mavsumning asosiy favoritlaridan biri sifatida tilga olinayotgandi.
Bunday holat aslida bu uçraşuvga qiziqişni yanada oşiradi. «MYu»ning yaxşi öyini va salbiy natijalari orasidagi muvozanat qayerda? «Mançester Siti»ning inqirozi bu mavsum ham davom etadimi? Özaro öyin yöl-yölakay mana şu savollarga ham javob axtariş bilan birga, muvaffaqiyatsizlikka uçragan murabbiyga bosimni kuçaytirib yuboradi. Pep Gvardiolaning kursisi Amorimniki kabi qimirlamayotgan bölsa-da, qatorasiga uçinçi muvaffaqiyatsiz öyin «Pepning davri ötdimi?» qabilidagi savollarni kuçaytirib yuborişi tabiiy. Sönggi sakkiz oy davomida 10 nafarga yaqin yangi futbolçilarni tarkibiga qöşib olgan «Mançester Siti»ning qayta quriş işlari qay şaklda davom etişi albatta, natijalarga ham boğliq. Qatorasiga ikki yil çempionlik poygasida bölmaslik Pepning murabbiylik tarixida ilk marta sodir böladi.
Yangi futbolçilar haqida aytdik, ammo jarohatlar tölqini boşlanganini ham qayd etiş kerak. Atigi ikki hafta oldin jamoada futbolçi haddan taşqari köpligidan noligan Pep Gvardiola endi matbuot anjumanida ixtiyorida juda kam futbolçi qolganini aytmoqda. Terma jamoalar yiğinlaridan oldin kiçik jarohatlar olgan Gvardiol, Husanov, Foden, Kovaviç kabi futbolçilarning tarkibga qaytgani bilan birga, masalan, Omar Marmuş terma jamoadagi öyinida jarohat oldi va bir neça haftaga safdan çiqdi. Şuningdek, Rayan Şerki va Ayt-Nuri ham derbida jamoadoşlariga yordam bera olmaydi. Stounzning holati söroq ostida turibdi. Demak, Yoşko Gvardiol qaytgan bölsa-da, u jarohatlangan Ayt-Nurining örnini töldirişi ehtimolini taxmin qilsak, Abduqodir Husanovda nihoyat Mançester derbisida debyut qiliş imkoniyati bor. Aprel oyida «Old Trafford»da ötgan bahsda Husanov maydonga tuşirilmagandi.
Mehmonlar tarkibida Meyson Maunt va Mateus Kunya maydonga tuşa olişmaydi. Ular «Byornli»ga qarşi bahsda jarohat tufayli maydonni erta tark etgandi. Ma’lum bölişiça, har ikkisi ham bir neça haftaga safdan çiqqan. Şuningdek, Diogu Dalot terma jamoa yiğinlaridan kiçik jarohat tufayli qaytib kelgandi – u ham derbiga tayyor bölmaydi. Qiziq tomoni, har ikki jamoada ham derbida yangi darvozabonlar debyut qilişi mumkin edi. Amorim Lammens uçun biroz vaqt borligini aytgan bölsa, Pep Gvardiola Janluiji Donnarumma uşbu öyinda asosiy tarkibda bölişi mumkinligiga işora qildi.
Bevosita, özaro öyinlarga töxtaladigan bölsak, qatorasiga tört öyindan beri «Siti» «MYu» ustidan asosiy vaqtda ğalaba qozona olmayapti. Kubok finalida «qizillar» ustun kelgan bölsa, uç oy ötib Angliya Superkubogi uçun bahsning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakuniga yetgandi. APL doirasidagi öyinlarda esa «Etihad»da mehmonlar 2:1 hisobida ğalaba qozongan, «Old Trafford»dagi bahsda hisob oçilmagandi.
BOŞQA ÖYINLAR
13 sentabr. ARSeNAL – Nottinghem Forest (16:30), Haydenhaym – BORUSSIYa D (18:30), NYuKASL – Vulverhempton (19:00), Vest Hem – TOTTeNHEM (21:30), BAVARIYa – Hamburg (21:30), ATLeTIK – Alaves (21:30), Fiorentina – NAPOLI (23:45), Brentford – ÇeLSI (23:55)
14 sentabr. ROMA – Torino (15:30), Byornli – LIVeRPUL (18:00), ATLALANTA – Leççe (18:00), PSJ – Lans (20:15), MILAN – Bolonya (23:45), BARSeLONA – Valensiya (23:55).