BMT Boş assambleyasi Falastin-Isroil kelişuvida «ikki xalq uçun ikki davlat» tamoyiliga qaytişga çaqiruvçi rezolyutsiyani qabul qildi. Hujjatda, şuningdek, Falastinning HAMAS harakatining Ğazo sektoridagi hukmronligini tugatiş talabi ham bor. 12 sentabr, juma kuni uşbu hujjatni qöllab-quvvatlaş uçun 142 davlat ovoz berdi, önta davlat, jumladan, AQŞ va Isroil qarşi çiqdi. 12 a’zo davlat betaraf qoldi.
Matn Fransiya va Saudiya Arabistoni tomonidan taqdim etilgan, deb xabar beradi AFP. Isroil hukumati ovoz berişni keskin tanqid qilgan bölsa, Falastin milliy ma’muriyati (FMM) buni olqişladi.
Rezolyutsiyaga köra, HAMAS harakati «xalqaro kömak va hamkorlik bilan» qurollarini Ğarbiy sohilda FMMga topşirişi va 2023 yil 7 oktyabrda uşlangan isroillik garovga olinganlarni ozod qilişi kerak. Hujjat HAMAS jangçilarining tinç aholiga qarşi hujumlarini qoralaydi.











