«IMAN Holdinğga qöşgan hissam faqatgina pul emas. Bu — yangi bozorning katta istiqbollariga işonç hamda samarali kompaniyalar, loyihalar va ğoyalarni qöllab-quvvatlaş istagidir. Men mamlakatimiz va mintaqaning adolatli moliyaviy kelajagini şakllantirayotgan jamoaning bir qismi bölişni xohlayman», — dedi Murod Nazarov.

IMAN Holding Islom moliyasi qoidalariga muvofiq investitsion va boşqa moliyaviy loyihalarni taklif etiş orqali adolat va şaffoflik tamoyillariga asoslangan fintex-ekotizimni rivojlantirmoqda. Kompaniyaning asosiy maqsadi iqtisodiy ösişning yangi manbaiga aylanadigan barqaror va axloqiy moliyaviy yeçimlar bozorini şakllantirişdan iborat.
Bugungi kunda IMAN Holding loyihalariga jismoniy va yuridik şaxslar investitsiya kiritişlari mumkin. Butun jarayonni esa IMANUM mobil ilovasi orqali boşqariş va kuzatiş imkoniyati mavjud. Investitsiya muddati va miqdoridan kelib çiqqan holda yillik daromad 20 foizdan 27 foizgaça bölişi mumkin. Dividendlarni har oy plastik kartaga çiqarib oliş yoki qayta investitsiya qiliş mumkin.

«Islom moliyasi — şunçaki trend emas. Bu soğlom iqtisodiyotning asosidir. Kompaniyalar uçun bu eng yaxşi ğoyalarni amalga oşiriş va ösiş, investorlar uçun esa kapitalni köpaytiriş imkoniyati. Bular birgalikda davlat iqtisodiyotining rivojiga hissa qöşiş imkoniyatini yaratadi. Bu barça tomonlar manfaati uçun işlaydigan halol va adolatli modeldir», — dedi Murad Nazarov.
Murod Nazarov bilan bir qatorda kompaniya Kuzatuv kengaşida Habibullo Ibragimov ham faoliyat yuritmoqda. U Qatarning Lesha Bank nomli yirik investitsion banki katta vitse-prezidenti hisoblanadi. Lesha Bank — yetakçi islomiy investitsion bank bölib, 5 000 000 000 dollardan ortiq aktivlarni boşqaradi va mintaqadagi asosiy moliyaviy institutlar qatoriga kiradi. IMAN Holding asosçisi Rustam Rahmatov, uning jamoasi hamda Kuzatuv kengaşi a’zolari Murod Nazarov va Habibullo Ibrogimov adolatli moliya va investitsiya bozorini Özbekistondan boşlab rivojlantirişlari va bosqiçma-bosqiç qöşni hamda xorijiy mamlakatlarga çiqişlari kutilmoqda.








