Naşrda ta’kidlanişiça, bugungi kunda Özbekiston va Xitoy "Ipak yöli merosi" loyihasi doirasida madaniy hamkorlikni çuqurlaştirmoqda. Özbekistonning Samarqand, Buxoro kabi şaharlari va Xitoy şaharlari örtasida muntazam ravişda anjumanlar, körgazmalar, san’at festivallari ötkazib kelinmoqda. "Bir makon, bir yöl" taşabbusi madaniy diplomatiya va turizmni rivojlantirişga kuçli turtki berdi.

"Ötgan yillar davomida ikki davlat özaro munosabatlarni 2013 yilda Strategik şeriklikni çuqurlaştiriş töğrisidagi qöşma deklaratsiya va 2016 yilda imzolangan özaro anglaşuv memorandumi kabi qator kelişuvlar orqali yanada mustahkamladi. 2023 yilda 2023-2027 yillarga möljallangan hamkorlik rejasi imzolandi", – deyilgan maqolada.

2025 yil "Xitoyda Özbekiston turizmi yili" deb e’lon qilindi va Özbekiston özining madaniy va sayyohlik salohiyatini töliq namoyiş etiş uçun Guançjou xalqaro sayyohlik yarmarkasi kabi yirik körgazmalar faol iştirok etmoqda.

Istiqboldagi rejalar orasida 2026-2030 yillarga möljallangan madaniy hamkorlik rejasini işlab çiqiş, özbekistonlik öqituvçi va talabalarni Xitoy stipendiyasi bilan ta’minlaş, har ikki davlatda madaniyat haftaliklarini taşkil etiş, madaniy merosni asrab-avaylaş, san’at va ta’lim sohasida qöşma loyihalarni amalga oşiriş közda tutilgan.