Keng kölamda işlaş. Guruh darslarini yölga qöyiş, master-klasslar ötkaziş va onlayn kurslarni boşlaş. Bir yoki bir neçta öquvçi örniga butun guruh bilan işlaş daromadni oşiradi. Bundan taşqari, videokurslar va öquv materiallarini tayyorlaş ham qöşimça passiv daromad. Bu kelajakka qilingan investitsiya hisoblanib, natijani köp kuttirmaydi. Boşqalardan ajralib turiş uçun interaktiv platformalardan foydalaniş tavsiya etiladi.  

Narxlarni oşiriş va bunga mos böliş. Işni boşlaş arafasida tölovlar miqdori birmunça pastroq böladi, lekin vaqt ötib, tajriba oşib borişi bilan mehnatning qadri kötariladi. Asta-sekin öquvçilarni oldindan ogohlantirgan holda tölovlarni oşiriş mumkin. Daromad kötarilib, tinglovçilar soni kamaymasa kişida öziga işonç uyğonadi. Bu holatda e’tibor beriş kerak bölgan nuqta - bu narx = sifat.

Moslaşuvçan vaqt. Keçki va dam oliş kunlariga darslarni qöşiş. Bunda haftaning odatiy kunlarida şuğullana olmaydigan öquvçilar uçun ham imkoniyat paydo böldi.

Şaxsiy brendni rivojlantiriş. Daromadni oşiriş uçun odamlar ustozni tanişlari kerak. Şu sababli ijtimoiy tarmoqlarda sahifalar oçib, foydali postlar yoziş, öqitiş usullari va örganiş böyiça maslahatlar bilan bölişiş zarur. Bu yangi tinglovçilarni jalb qilişning samarali usuli.

Eng asosiysi — yangilikdan qörqmaslik, öz ustida işlaş va oldinga intiliş talab etiladi.