Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
BMT Falastin tan olinişini qöllab-quvvatladi
BMT Boş assambleyasi juma kuni Isroil va Falastin örtasida ikki davlatli yeçim sari «aniq, muddatli va orqaga qaytmas qadamlar»ni belgilovçi deklaratsiyani katta köpçilik ovoz bilan qöllab-quvvatladi.
Yetti sahifali deklaratsiya iyul oyida BMTda Saudiya Arabistoni va Fransiya mezbonligida ötkazilgan xalqaro konferensiya natijasida işlab çiqilgan. AQŞ va Isroil tadbirni boykot qilgan edi.
Şuningdek, deklaratsiyani ma’qullovçi rezolyutsiya 142 ta davlatning roziligini oldi, 10 davlat qarşi çiqdi, 12 davlat betaraf qoldi. Ovoz beriş 22 sentabr kuni yuqori darajadagi BMT Boş assambleyasi yiğilişidan oldin bölib ötdi. Uşbu yiğilişda Britaniya, Fransiya, Kanada va boşqa davlatlar rasmiy ravişda Falastin davlatini tan olişi kutilmoqda.
Şuningdek, Boş assambleyaning 193 a’zo davlati tomonidan qöllab-quvvatlangan deklaratsiya 2023 yil 7 oktyabrda HAMASning hujumlarini, Isroilning Ğazodagi tinç aholiga va fuqarolik infratuzilmasiga qarşi hujumlarini, qamal va oçlikni qoraladi.
Hujjatda barça garovdagi şaxslarni ozod etiş talabi bildirilgan, şuningdek HAMAS quroldan voz keçişga va sektor ustidan nazoratni töxtatişga çaqirilgan.
«Ğazodagi uruşni töxtatiş kontekstida HAMAS sektordagi hukmronligini töxtatişi va suveren va mustaqil Falastin davlatini yaratiş maqsadiga erişiş uçun xalqaro qöllab-quvvatlaş va iştirokda Falastin ma’muriyatiga qurol topşirişi kerak», deyiladi hujjatda.
Rezolyutsiyani barça Fors körfazi arab davlatlari qöllab-quvvatladi. Isroil va AQŞ qarşi ovoz berdi.
Rezolyutsiya bilan ma’qullangan deklaratsiyada BMT Xavfsizlik Kengaşi tomonidan mandat beriladigan vaqtinçalik xalqaro barqarorlaştiriş missiyasi joylaştirilişiga qöllab-quvvatlov bildiriladi.
AQŞ ovoz berişni «yana bir notöğri, öz vaqtida bölmagan reklama şousi hamda HAMASga sovğa» deb ta’rifladi. Unga köra, bu qadam mojaroni tugatişga qaratilgan jiddiy diplomatik harakatlarni zaiflaştirdi.
Tramp sabri tugayotganini aytdi










