Öq-dorilar detonatsiyasi 14 sentabrga ötar keçasi Kiyev oblastida temiryöl orqali taşiş paytida röy bergan, deb xabar berdi Ukrainaning «Zerkalo nedeli» naşri manbalarga tayanib. Bu voqea Fastov rayonidagi Kalinovka qişloği hududida sodir bölgan.
Ukraina qurolli kuçlari Boş ştabi ham «Suspilne»ga Kiyev oblastida harbiy yuk olib ketayotgan poyezdda öq-dorilar portlaganini tasdiqladi.
Portlaş natijasida kontakt tarmoğiga zarar yetgan, bu esa Xarkivdan Polşaning Peremişl şahriga ketayotgan 73-sonli poyezdning favqulodda töxtaşiga olib kelgan, deb xabar berdi naşr. Poyezd yölovçilari yaqin atrofdagi örmonga evakuatsiya qilingan. Dastlabki ma’lumotlarga köra, qurbonlar yöq, poyezd vagonlari yonib ketmagan.
Ukrainaning «Ukrzalіznitsya» temiryöl taşuvçisi infratuzilma şikastlangani sababli Boyarka stansiyasidan ötayotgan 30 ga yaqin poyezd şikastlangan hududni aylanib ötiş uçun Mironovka yoki Korosten orqali jönatilganini ma’lum qildi. 73-sonli Xarkiv – Peremişl poyezdi ertalab soat törtlarda Kiyev va Korosten orqali özgartirilgan yönaliş böyiça yölga çiqqan, poyezd tört soatdan köproq uşlanib qolgan.
«Favqulodda vaziyatlar böyiça davlat xizmati, temiryölçilar va boşqa xizmatlar Kiyev oblastidagi favqulodda hodisa oqibatlarini imkon qadar tezroq bartaraf etiş va yölovçi poyezdlarga odatiy yönalişlarni qaytariş uçun barça imkoniyatlarni işga solmoqda», – deyiladi «Ukrzalіznitsya» xabarida.
«Ukrzalіznitsya» AJ boşqaruvi raisi Oleksandr Persovskiyning aytişiça, evakuatsiya qilingan 240 nafar yölovçining aksariyati poyezdda sayohatni davom ettirgan, yana 21 kişi avtobusda Kiyevdagi vokzalga olib ketilgan va u yerda poyezdga ötirişgan. Yölovçilarning bir qismi uylariga qaytişgan, kompaniya ularni keyingi poyezdlarda Peremişlga olib borişga va’da bergan.
Oblast harbiy ma’muriyati rahbari Mikola Kalaşnikning ma’lum qilişiça, temiryöldagi «favqulodda hodisa»dan keyin stressga ötkir reaksiya tufayli uç ayolga tibbiy yordam körsatilgan.
«Zerkalo nedeli» naşri ta’kidlaşiça, yonida öq-dorilar portlagan Kalinovka qişloği 13 sentabr kuni keçqurun bir qator kuçli portlaşlar sodir bölgan Vasilkov şahridan sakkiz kilometr uzoqlikda joylaşgan. Ukraina telegram-kanallarida paydo bölgan turli versiyalarga köra, portlaşlar mahalliy aviabaza yoki neft bazasi yaqinida sodir bölgan. Naşrning ta’kidlaşiça, qöporuvçilik versiyasi körib çiqilmoqda. Vasilkovdagi portlaşlar temiryöldagi hodisa bilan boğliqmi yoki yöqmi, bunisi hozirça noma’lum.
Kiyev oblasti harbiy ma’muriyati tungi soat 13:38 da «oblast aholisi eşitgan portlaşlar havo hujumiga aloqador emasligi»ni ma’lum qildi. Gap Vasilkovdagi portlaşlar yoki Kalinovkadagi öq-dorilar portlaşi haqida ketyaptimi, aniq emas.












